Ekonometrika asoslari fanidan mustaqil ish mavzu



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125516
  1   2   3   4   5
Ekonometrika 1


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
SIRTQI TA’LIM BO’LIMI
IQTISODIYOT YO’NALISHI
EKONOMETRIKA ASOSLARI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish usullari
Guruh: 923-20
Bajardi: Eshquvvatov Mansurbek


Jizzax_2023
Mundarija:
Kirish
1. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
2. Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti
3. Ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlil asoslari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Korrelyatsion bog’lanishlarni o’rganishda ikki toifadagi masalalar ko’ndalang bo’ladi. Ulardan biri o’rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya’ni kuchli yoki kuchsiz) bog’lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi. Korrelyatsion bog’lanishni tekshirishda ko’zlanadigan ikkinchi vazifa bir hodisaning o’zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o’zgarishini aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli - korrelyatsiya koeffitsiyentlari bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Regression tahlil deb nomlanuvchi boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi. Regressiya so’zi lotincha regressio so’zidan olingan bo’lib, orqaga harakatlanish degan lug’aviy ma’noga ega. Bu atamani statistikaga kirib kelishi ham korrelyatsion tahlil asoschilari F.Galton va K.Pirson nomlari bilan bog’liqdir.
Regression tahlil amaliy masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. U natijaviy belgiga ta’sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan yetarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. SHu bilan birga regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning kelajak davrlar uchun istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə