Boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati. Boshlangʻich sinflarda taʼlim tamoyill va qonuniyatlarini. Reja



Yüklə 246,92 Kb.
səhifə1/39
tarix19.12.2023
ölçüsü246,92 Kb.
#152101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati . Boshlangʻich sinflarda taʼlim tamoyill va qonuniyatlarini


Boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati . Boshlangʻich sinflarda taʼlim tamoyill va qonuniyatlarini .
Reja:

  1. Ta’lim nazariyasi (didaktika) O’qitish va o’rganish jarayonlari tavsifi.

  2. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.

  3. Ilmiy-texnik jarayon va ta’lim mazmuni.

  4. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar. Davlat ta’lim standarti.DTS

  5. Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari.

  6. Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari.


Tayanch iboralar: didaktika, ta’lim nazariyasi, o’qish, o’qitish, tizim, dars, bilim, malaka, ko’nikma, ta'lim metodlari, paradigm, an'anaviy, konservativ, ezoterik, ratsionalistik, fenomenologik, texnokratik. ta’lim mazmuni, bilim, mifologik ta'lim, sxolastik ta'lim, ma'rifatparvarlik, formal va moddiy ta'lim, pragmatik, davlat ta'lim standart, o'quv reja, o’quv dasturi. ta’lim, metod, motivatsiyali, izohli-tasvirli, ko’rgazmali, labaratoriya.: arxaik, qadimgi, avestiy, yunon, dogmatik, sxolastik, tushuntirish, tushuntirish-namoyish, muammoli o'qitish, maktab va maktabdan tashqari, ommaviy, guruhli, asosiy, qo'shimcha va yordamchi ta'lim, aralash (kombinatsiyalashgan), o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish, nostandart darslar, tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (reialashtirish).


Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o'qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham shunday bo'lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko» esa - «o'rganuvchi» ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy «didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so'z yuritadi.

Yüklə 246,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə