Boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati. Boshlangʻich sinflarda taʼlim tamoyill va qonuniyatlarini. Reja



Yüklə 246,92 Kb.
səhifə21/39
tarix19.12.2023
ölçüsü246,92 Kb.
#152101
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati . Boshlangʻich sinflarda taʼlim tamoyill va qonuniyatlarini

Muammoli tizim



Vaziyat

Muammoli vaziyat

usullar





Ziddiyatlar


6.rasm. Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi
Muammoli ta'lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko'rinishi hisoblanib, o'zida subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko'nikmalarini o'zlashtirishni taqozo etadi. Agar o'quvchida qiyinchiliklarni yo'qotish yo'llarini izlab topish uchun boshlang'ich ma'lumotlar bo'lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya'ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko'nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o'zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo'nalishlar ko'rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko'rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma'lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta'kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo'la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo'lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya'ni, uning yechimi uchun o'zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma'lum ko'rsatkichlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyhalaydi. Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashga o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O'quvchi faoliyatining tuzilmasi

— o'quv materialiga oid

— o'quv materiali mohiyatining

tafovutlarning taklif etilishi;

anglab yetilishi;

— muammoli vaziyatlarni tuzish;

- muammoli vaziyat yuzasidan

— muammoning mavjudligini

fikrlash;

aniqlab berish;

— mavjud bilimlar va tajribani

muammoli topshiriqlarni

qayta tiklash;

Lovihalash

— muammoli masalaga o'tkazish;




— topshiriqni bajarish

Tadqiqotchilik o'qitish metodini qo'llashda, o'qituvchi o'quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo'lgan masalani aniqlab oladi, o'quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o'zlashtirib oladilar va uning yechimi bo'yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O'rnatilgan masalani yechish davomida o'quvchilar ilmiy bilish metodlarini o'zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko'nikmasi, tajribasini egallaydilar.
Ta'lim jarayonida tadqiqotchilik o'qitish metodini qo'llashda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O'quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o'quvchilarga o'quv
    muammosini taklif etish;

  • o'quvchilar bilan hamkorlikda
    tadqiqot masalasini o'rnatish;
    o'quvchilarning ilmiy faoliyatini
    tashkil etish

  • o'quv muammolari
    mohiyatini anglab olish;

  • tadqiqot muammosini o'qituvchi
    va o'quvchilar bilan birgalikda
    o'matishda faollik ko'rsatish;

  • ularni yechish usullarini topish;

  • tadqiqiy masalalarni yechish
    usullarini o'zlashtirish

Evristik va tadqiqotchilik metodlari o'quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko'nikma va malakalariga ega bo'lishni taqozo etadi. Buning natijasida o'quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlami o'zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o'quvchilarining o'zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma'lum holatlarda qo'llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang'ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o'qituvchilarning flkrlariga ko'ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta'Iim tizimiga shaxsga yo'naltirilgan ta'limni faol joriy etishga yo'naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan inavjud sharoitda ushbu yo'nalishdagi loyihalarni tayyorlash o'ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot' ham amalga oshirilgan.
Didaktikada ta'Iim metodiarining binar (ikki)li va ko'pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo'lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta'Iim metodlari va o'qish metodlari aj'ratiladi:
Shunday qilib, juft (binar)li metodlar vujudga keldi:

  1. Axborotli-ma'lumotli va bajaruvchi.

  2. Tushuntiruvchi va reproduktiv (nomahsul).

  3. Yo'riqli-amaliy va produktiv (mahsuldor)-amaliy.

  4. Tushuntiruvchi-undovchi va qisman izlanuvchi.

5. Undovchi va izlanuvehi.
Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.l.Palamarchuklar ta'Iim metodlarining uch o'lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbayi, o'quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o'quv-bilishning mantiqiy yo'li yaxlit tarzda chog'ishtiriladi.
S.G.Shopavalenko ta'Iim metodlari tasnifini to'rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:

  1. mantiqiy-mazmunli;

  2. manbali;

  3. mazmunli;

  4. tashkiliy boshqaruvchi.

I.P.Podlasiy birmuncha keng tarqalgan ta'Iim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta'kidlaydi: «Boshqa bir qator ta'Iim metodlari tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinberg ta'Iim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg'unlashtirishga alohida urg'u beradi»' va quyidagi metodlarni ko'rsatadi:



Monologik metodlar

Hamkorlik shakllari

Diologik metodlar

Ma'ruza

Individual

Suhbatlar

Hikoya

Guruhli

Intervyu

Namoyish

Frontal

-

— Jamoaviy

-




Ta'Iim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta'Iim vositalari yordamida joriy etiladi.
Ta'Iim shakllari ta'Iim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko'rinishidir. Bugungi kunda ta'Iim muassasalarida quyidagi ta'Iim shakllaridan samarali foydalanib kelinmoqda: ma'ruza, seminar, amaliy mushg'ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat, o'quv konferensiyasi va boshqalar.
Ta'Iim jarayonida ta'limning samaradorligini ta'minlovchi muhim elementlardan biri sifatida ta'Iim vositalari e'tirof etiladi. Ta'Iim vositalari sirasiga quyidagilar kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproektor, kinedoskop, uskunalar, radio, televideniye, komputer, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari (kolbalar, Probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketlar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi. N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta'lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi1. Ma'lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o'zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:
1) motivatsion bosqich;
2) o'quv faoliyati;
3) boshqaruv.
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta'lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

  1. O'qish va mehnatga rag'batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.

  2. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

III. O'quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O'z navbatida, har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:

I. O'qish va mehnarga rag’batlantiruvchi hamda motivlashirish metodlari

I kichik guruh

II kichik guruh

III kichik guruh

O'qishga qiziqishni rag’batlantiruvchi metodlar

O'qish va mehnatda burch hamda javobgarlikni rag’batlantiruvchi metodlar

Mehnatga va muayyan kasbga qiziqishni rag’batlantiruvchi metodlar

- biluv o’yinlari;
- o’quv bahsi;
- hissiy-axloqiy kechinmali vaziyatlar yaratish
- appersepsiyali (idrokning tajribaga bog’liqligi) vaziyatlarni yaratish
- biluv yangiliklari vaziyatlarini yaratish

- o’qish va mehnatning muhimligiga ishontirish
- talablarni ifodalash
- talablarni bajarish uchun mashq
- o’qishdagi rag’bat
- o’qishdagi kamchilik uchun tanbeh



- g’oliblarni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish
- o’quvchilarning ishlab chiqarish vositalarini mustaqil boshqarishga intilishlarini rag’batlantirish
- ish joyidagi xulqini rag’batlantirish

II. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari

I kichik guruh

II kichik guruh

III kichik guruh

O'quv-bilish
faoliyatining mo'ljal
asoslarini vujudga
keltirish metodlari

O'quv-bilish faoliyatini bajarish metodlari

Mehnatda va mehnatda
nazorat va o'z-o'zini
nazorat metodlari

Og'zaki:
- hikoya;
- suhbat;
- tushuntirish;
- ma'ruza;
- yo'riqnonia

Amaiiy:
- mashq;
- o'quv-ishlab
chiqarish tajribasi;
- o'quv-unumli
mehnat;
- kitob bilan ishlash;
- yozma ish

Og'zaki:
- individual so'rov;
- yalpi so'rov;
- dasturii og'zaki so'rov

Ko'rsatmali:
- illyustratsiya;
- namoyish

Izlanuvchi:
- qisman-izlanuvchi
- tadqiqotchilik;
- algoritmlik;
- tashxisli

Yozma:
- nazorat-yozma ish;
- yozma sinov (test);
- yozma imtihon;
- dasturii yozma sinov
(test);
- Iaborotoriya-amaliy;
- nazorat laborotoriya
ishi;
- mashinali nazorat;
- - unumli mehnatni son
va sifat jihatdan
baholash

  1. O’quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari

Bilish faoliyatini kuzatish metodlari:

  • Bevosita

  • Bilvosita yo’riqnoma yordamida

  • O’z-o’zini nazorat

Nazorat metodlari:

  • O’qituvchi topshirig’i

  • Dasturli qo’llanmadan foydalaniladi

  • Ta’limning texnik vositalari yordamida

O’quv faoliyatini tuzatish (korreksiya) metodlari:

  • Tezkor

  • Yakuniy natija bo’yicha

  • Foiz ko’rsatkichi bo’yicha

Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta'lim metodlari tizimi nazariy-amaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o'quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta'lim metodlari tizimiga o'xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifiga ko'ra ta'lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko'ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta'limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir:

  1. tashkiliy;

  2. rag'batlantiruvchi;

  3. nazorat.

Ana shu asosida ta'lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:

  1. O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.

  2. O'quv-bilish faoliyatini rag'batlantirish va motivlash metodlari.

  3. Nazorat va o'z-o'zini nazorat metodlari.

Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko'rilgan o'qish metodlarining tasnifi kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o'quv-tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta'minlaydi1.

Yüklə 246,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə