Boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati. Boshlangʻich sinflarda taʼlim tamoyill va qonuniyatlarini. Reja


Ta'lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif



Yüklə 246,92 Kb.
səhifə17/39
tarix19.12.2023
ölçüsü246,92 Kb.
#152101
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati . Boshlangʻich sinflarda taʼlim tamoyill va qonuniyatlarini

Ta'lim metodlari: tushuncha, funksiya, tasnif. «Metod» so'zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni anglatadi. Filosofiya lug'atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari*1 deya sharhlangan.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda «ta'lim metodi» tushunchasiga berilgan ta'riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Mazkur o'rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:



Ta’lim metodlari-zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir. (V.I.Zagvyazinskiy)

Ta’lim metodlari- o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’lanishlarni yuzaga keltiradi. (G.I.Shukina)

Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga yo’naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi. (I.F.Xarlamov)

Ta’lim metodi-belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir.
(P.I.Podlasiy)

1-rasm. “Ta’lim metodi” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar

Shuningdek, ta'lim metodlarining o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to'g'risidagi fikrlar ham mavjud.


«Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida, muayyan yo'nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va o'qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o'zida, umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
1. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to'laqonli yorituvchi ta'rifni aniqlashga bo'lgan urinish bugun ham davom etayapti, yangi-yangi ta'riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta'lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o'zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta'lim metodlari o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta'lim metodlari ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmuidir.
Ta'lim metodlari ta'lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta'lim mazmunini o'zlashtirish yo'llari ifoda etiladi, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta'lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo'lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o'qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta'lim metodlari doimo u yoki bu o'qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o'zaro shartlanganligini ta'kidlash joiz. Ta'lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo'ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko'ra):




Yüklə 246,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə