Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fanidan 2020-yil 3- kurslar 2- semestr uchun majmua


MAVZU. TA’LIM JARAYONIDA INTERAKTIV METODLARNING O’ZIGA XOSLIGI VA QO’LLANILISHI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə5/16
tarix28.03.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#84819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fan

6. MAVZU. TA’LIM JARAYONIDA INTERAKTIV METODLARNING O’ZIGA XOSLIGI VA QO’LLANILISHI
Ko‘pgina asosiy uslubiy innovatsiyalar bugun o‘qitishning interaktiv usullarini qo‘llash bilan bog‘likdir. Tushunchaning o‘zini aniqlab olishni istardi. ,,Interakitv’’ so‘zi bizga ingliz tilidagi ,,interakt’’ so‘zidan kirib kelga. ,,Inter’’ –bu ,,o‘zaro’’, ,,akt’’ – harakat qilish. Interaktiv o‘zaro harakat qilish yoki nima bilan (masalan, kampyuter bilan) yoki kim bilan (odam bilan) suxbat, dialog (mulokat) rejimida bulishni bildiradi. Demak interaktiv o‘qitish-bu hammadan avval dialogli o‘qitishdir, uni borishida pedagog va o‘quvchining, o‘quvchi va kompyuterning o‘zaro hamkorligi amalga oshiriladi.

,,interaktiv’’ning asosiy ta’riflari nimadan iborat? Tan olish kerakki, interaktiv o‘qitish- bu idrok etish faoliyatini tashkil qilishning maxsus shaklidir. U butunlay aniq va bashorat qilinadigan maqsadlarni nazarda tutadi. Bunday maqsadlarning biri o‘qitishning shunday kulay sharoitlarini yaratishni, ularda o‘quvchi o‘zinin fuvoffakiyatliligi, o‘zini akli mustakilligini xis qiladi, intraktiv o‘qitishning moxiyati shundan iboratki, unda o‘quv jarayoni shunday tashkil qilinadiki, amalga barcha o‘quvchilar idrok etish jarayoniga jalb qilinadilar,ular tushuninish va bilganlariva uylaganlari bo‘yicha refleks xosil qilish imkoniyatlariga egalar. O‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirish jarayonidagi o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati shuni bildiradiki, ularda har biri o‘z aloxida shaxsiy ulushini kiritadi, bilmlar, goyalar, faoliyat usullarini almashtirish ketadi.



O‘qitishning interaktiv usullari o‘quvchilarning goyatda katta ta’lim saloxiyatini faollashtirish va foydalanishga, o‘quv jarayoniga ijodiylik elementlarini kiritish va ijodiy faoliyat yurituvchi tizmlarga xos bo‘lgan inergiya xususiyatlaridan foydalanishga imkon beradi.

Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muxim talablardan biri ortikcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, kiska vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vakt orasida muayyan nazariy bilimlarni taxsil oluvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik texnologiyalar:

  • pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishni;

  • o‘qituvchi va tahsil oluvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishni;

  • tahsil oluvchilar tomonidan o‘kuv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;

  • tahsil oluvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishni;

  • tahsil oluvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shartsharoitlarni yaratishni;

  • pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda tahsil oluvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi xamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmokda.

Interfaol metod texnologiyasining mohiyati tahsil oluvchilarning ijodkor-ligiga tayanish va darsda erkin bahs-munozara sharoitini tugdirishdan iboratdir. Bu metodga ko‘ra darslar bir necha bosqichga bo‘linadi:

  1. Chaqirik bosqichi. Bu bosqichda tahsil oluvchilarni faollashtirish, mavzuining mazmun-mohiyatiga kirib borish, uni anglab yetish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko‘zda tutiladi.




  1. Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o‘qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to‘ldiriladi.

  2. Fikrlash boskichi. Mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim va tushunchalarni kisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh topshirik bo‘yicha o‘z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan topshirikni boshqalarga ma’lum qiladi.

Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab io‘lga ko‘yilishi mumkin. Tahsil oluvchilarni guruhlarga bo‘lib ishlash uchun quyidagi talablarga amal qilish zarur:

  1. Guruxlarga ajratish o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

  2. Har bir guruhga rahbar tayinlanadi.

  3. Har bir guruxdagi tahsil oluvchilar bilim darajasining teng bo‘lishiga erishish kerak.

  4. Guruh doira shaklida o‘tirishi lozim.

  5. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, goyalariga e’tibor beriladi.

Bulardan tashqari guruxlarga anik yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, topshirikdarni bajarish uchun yetarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag‘batlantirib borish, ishning natijasini baholash kabilarga ham axamiyat berish muhim xisoblanadi. Dare jarayonida guruh a’zolarini almashtirib borish ham mumkin.

Quyida ta’lim jarayonida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining moxiyati va ulardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə