Boshlang’ich ta’lim



Yüklə 17,54 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü17,54 Kb.
#141600
Boshlang’ich ta’lim


Termiz davlat Pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi
3-kurs 20.03-guruh talabasi Baxriddinova Ruxsoraning malakaviy amaliyot boʻyicha
BIR HAFTALIK HISOBOTI
Termiz davlat Pedagogika institutining Boshlang’ich ta’lim fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 3-kurs 20.03-guruh talabasi Baxriddinova Ruxsoraning 2023-yil 6-fevral kunidan, 10-fevralgacha boʻlgan amaliyot kunlaridan batafsil maʼlumot.
Samarqand vil. Paxtachi tumanidagi 38-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo’yicha (1-hafta) 6-10-fevral HISOBOT 2023-yilning 6-fevral kuni Amaliyot Rahbarimiz Boynazov Zafar O’rolovich bilan maslaxatlashib o’zim yashaydigan viloyatga amaliyot oladigan bo’ldim va ustozlardan amaliyot hujjatlarimni olib keldim. 38-maktabga Amaliyot o’tagani bordim. Meni maktab ma’muriyati a’zolari yaxshi kutib olishdi. Deriktor Ya. Eshxonova maktab bilan tanishtirdi. Maktabdagi boshlangich sinflarga birin ketin kirgizib tanishtirdi. Men amaliyotni 1 b sinfda boshladim. Sinf rahbari Mirzayeva Husniya ustoz bilan tanishdim va men Husniya ustozning sinfiga biriktirildim. Darsini kuzatib Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari bilan muntazam ish olib boryapman va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim, o’rgandim va yana o’rganayapman. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo’lanishini shu bilan birga, noan’anviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rganadim. Dars jadvallari bilan tanishib chiqdik, darslarni kuzatib, tahlil daftarga va kundalik daftarga yozib o’rganib har kuni ertalab soat sakkizga qadar maktabga borib, maktabda biriktirilgan amaliyot rahbarimga ko’rsatib ro’yxatdan o’taman. Keyin esa biriktirilgan sinfning darsiga kirib kuzatdim, o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishi yuqori darslarni o’z vaqtida qilib ustozining gapiga diqqat bilan quloq solib tartibli bo’lib ustozini kuzatishadi. Uyga berilgan vazifalarni ertasi kuni bajarib kelib ustozidan, yulduzchali baho olib juda ham xursand bo’lishadi. Sinfda o’quvchilar soni 31ta bo’lib 19 tasi o’g’il bola 12 qiz bola. Ustoz dars o’tish jarayonida turli xil ko’rgazmali qurollar bilan o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Boshlang’ich sinf rahbarlari bilan birga darslar uchun mustaqil ravishda kerak bo’ladigan bilimlar, darsni to’g’ri tashkillashtirishni, mavzuga mos bo’lgan materiallardan, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, rag’batlantirishni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni ularga ko’maklashishni o’zlashtirishni o’rganayapman bunda menga sinf rahbarining yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Men 1-b sinf ustozi Mirzayeva Husniya ustoz bilan birgalikda 9-fevralda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlab tadbir o'tkazdik. Tadbirni ochib berish uchun so'z navbati maktab direktor Ya. Eshxonovaga berilib tadbir ochib berildi va o'quvchilar Navoiy g'azallaridan, aytishib sahnaviy ko'rinishlar ham qilishdi bayram juda ajoyib o'tdi. Mening birinchi amaliyotim haftasi tugadi. Menda amaliyotga bo’lgan qiziqishlar ortib bormoqda.
Yüklə 17,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə