Boshlang’ich ta’limda fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish reja



Yüklə 66,54 Kb.
səhifə1/11
tarix11.12.2023
ölçüsü66,54 Kb.
#146686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boshlang’ich ta’limda fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalar-fayllar.org


Boshlang’ich ta’limda fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish reja

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLARNI O’QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
REJA:
Kirish
1-bob. Innovatsion ta`lim texnologiyalari va innovatsion usullar
Innovatsion ta`lim texnologiyalari va uning dars jarayonidagi o`rni
1.2. Informatika darslarida innovatsion yondashuvlar
1.3. Informatika darslarida innovatsion usullardan foydalanishning ayrim xususiyatlari
2-bob. Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish metodikasi
2.1. Informatikadan dars samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish
2.2. Innovatsion usullardan foydalanish metodikasi
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.

Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Muallim zoti ezgulik va ma`rifat yo`lining beminnat charog`bonidir” degan hikmatli so`zlar beixtiyor yodimizga tushadi. Bunday yuksak va haqqoniy baholar farzandlarimizni jismoniy va ma`naviy etuk, barkamol insonlar etib o`stirish, voyaga etkazishdek ezgu va mas`uliyatli ishni o`z zimmasiga olgan yurtimizdagi ming-minglab jonkuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz sha`niga munosib ekanini barchamiz bugun chuqur anglaymiz


Haqiqatan ham, ko`z nuri va qalb qo`rini, butun ongli hayotini yosh avlodga va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag`ishlagan bir so`z bilan aytganda, Vatani-mizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlarning kundalik olijanob mehnatingiz oldida ta`zim etsak arziydi albatta.
Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta`lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an`analarimizga, ilg`or jahon tajribasiga asoslanib, hayoti-mizni tub yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta`lim-tarbiya sohasiga ustivor ahamiyat qaratib, bor kuch va imkoniyat-larimizni shu yo`lda safarbar etmoqdamiz.
Mohiyati va ahamiyatiga ko`ra chindan ham noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi bo`lgan ta`limni rivojlantirish dasturi bugungi kunda hayot sinovidan o`tib, o`z hosilini berayotgani, xalqaro jamoatchilik tomonidan e`tirof etilayotgani barchamizga haqli ravishda g`urur iftixor bag`ishlaydi. Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo`lida yaratilgan barcha keng imkoniyatlar e`tirof etilyotgan bir paytda, biz, eng avvalo, bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og`ir va mas`uliyatli mehantining o`rni va ahamiyatini chuqur anglab, ularni munosib qadrlash va baholash barchamizning doimiy e`tiborimiz markazida turishini yaxshi tushunamiz. Biz mamlakatimizni modernizatsiya qilish, hayotimizni yanada erkinlashtirish hisobidan dunyodagi taraqqiy topgan dalvatlar qatoriga kirishni o`z oldimizga buyuk maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, ta`lim-tarbiya sohasidagi ishlarni aslo bo`shashtirmasdan, yangi va yuksak bosqichga ko`tarishni zamonning o`zi talab etmoqda. Uzluksiz ta`limning poydevori hisoblangan oliy ta`limni rivojlantirish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini to`laqonli qondirish hamda ta`lim jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va etarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan qator hukumat qarorlari oliy ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan rivojlanish va o`zgarishlarga asos bo`lish bilan birgalikda mazkur sohaning o`qituvchilariga o`ziga xos talablarni belgilab berdi.
Yurtimizda boshlangan islohotlar jarayonini izchillik bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga etkazish muammolarining asosiy echimlaridan biri malakali, fidoiy bakalavr o`qituvchilarni tayyorlashdir. Bunda ularga quyidagi asosiy talablar qo`yiladi: har bir bakalavr o`qituvchining o`z ishiga bo`lgan mas`uliyatini tubdan o`zgartirish, ularda tashabbuskorlik-pedagogik faoliyatga bo`lgan ijodiy munosabatni shakllantirish shaxsiy javobgarligini oshirish; ularning o`z sohasida kompetentli, ya`ni o`z ishining ustasi bo`lishi, o`z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilishi zarurligi.
Pedagogik kadrlarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish mazkur jarayonning samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish ta`lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qo`llash quyidagi didaktik maqsadlarni ko`zda tutadi:
- ta`lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo`naltirish, uning Davlat ta`lim standarti bilan belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarni egallash samaradorligini oshirish;
- pedagogik kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini, metodik tayyorgarligini oshirish, ularni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash;

Yüklə 66,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə