Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#107589
1   2   3
tarbiya

“Baliq skeleti” texnologiyasi

Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.


Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadilar.

“Venn diagrammasi”


Ushbu texnologiya ona tili, o‘qish darslarida o‘tilayotgan mavzu haqida o‘z fikriga ega bo‘lish, matn bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlash, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon etish, hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan metodlardan biridir.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta`lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • “Barkamol avlod yili” Davlat Dasturi. – T.: O‘zbekiston, 2010.
  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: “Sharq”, 1998
  • Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). – Qarshi: Nasaf, 2011.
  • Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash . Maktabgacha ta’lim. – T., 2005.
  • Axmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil qilish . Bola shaxsini rivojlantirishning dolzarb muammolari mavzusidagi II xalqaro anjuman. – T.: 2008.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə