Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotishning hisobi



Yüklə 107,73 Kb.
səhifə6/22
tarix19.12.2023
ölçüsü107,73 Kb.
#153120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Boshqaruv hisobini tashkil etish reja Boshqaruv hisobi tushunch-fayllar.org

Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotishning hisobi
Mahsulot (ish, xizmat)ning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning xalq
xo‘jaligi iste’molida o‘z o‘rnini topganligini anglatadi. Bu jarayonning muhimligi unda xo‘jaliklar tayyor mahsulotni yoki bajarilgan ish yoki xizmatlami pulga aylantiradi. U tufayli uni yetishtirishga bo‘lgan xarajatlami qoplash imkoniyati yaratiladi, uning normal bo‘lishi xo‘jalik iqtisodini mustahkamlaydi, moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. Sotish muomalalarining dastlabki hisobi xaridor va buyurt- machilar bilan tuziladigan shartnomadan boshlanadi. Shartnomada mahsulot (ish, xizmat) turi, muddati, sifati, jo ‘natish (bajarish) vaqti, bahosi, hisob-kitob shakli, ular bajarilmaganda to‘lanadigan jarimalar va boshqa shartlar ko‘r- satiladi. Mahsulotni sotishga jo‘natish, masalan «Paxtani jo‘natish- qabul qilish tovar-transport nakladnoyi (1-q/x-paxta) tuziladi, ular qabul qilinganda «Qabul kvitansiyasi» (QK-17) tuziladi. Don mahsulotlari, «Q/х mahsulotlarini jo‘natish-qabul qilish tovar-transport nakladnoyi (1-q/x-don) rasmiylashtiriladi. Sabzavot, poliz, meva, sut, jun va boshqalar «Tovar-transport nakladnoyi yoki hisobvaraq-faktura (naqd pulga sotilganda kassa kirim orderi bilan) rasmiylashtiriladi. Mahsulotlar mehnat haqi hisobiga berilganda «To‘lov qaydnomasi» tuziladi. Mahsulot xo‘jalikning ichki boiinmalariga berilganda naklad- noy, o'zining do‘konlariga yoki bozorda sotilsa hisobvaraq-faktura yoki faktura bilan rasmiylashtiriladi. Mahsulot (ish, xizmat)lami sotish bilan bog‘liq muomalalar- ning hisobi quyidagi hisobvaraqlarda olib boriladi: 9010 - tayyor mahsulotlami sotishdan daromadlar; 9020 — tovarlarni sotishdan daromadlar; 9030 — ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar; 9040 — sotilgan tovarlarning qaytishi; 9050 — xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar. 9010, 9020, 9030 hisobvaraqlaming kredit tomonida 4010, 5010, 5020, 6610 va boshqa hisobvaraqlaming debetlanishi bilan korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarning sotishdan olingan
daromadlari hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natija hisobvarag‘i bilan yopiladi (DT 9010, 9020, 9030 KT 9910). 9040 — «Sotilgan tovarlaming qaytishi» hisobvarag‘i kontrpas- siv hisobvaraqlardan bo‘lib, uning debet oboroti sotilgan mahsulot va tovarlardan daromadni kamaytiradi (DT 9040 KT 4010) va u hisobot davri oxirida mahsulot hamda tovarlarni sotishdan daromadlar hisobvaraqlariga chiqarilishi bilan yopiladi (DT 9010, 9020 KT 9040). Bu bo‘yicha quyidagi muomalalar ham uchraydi: DT 9040 KT 5010, 5110 — puli to‘langan holda qaytarilganda; DT 2910 KT 9120 — xaridor tovarni qabul qilganda; DT 9020 KT 9040 — tushumga o‘zgartirish kiritilganda. 9050 — «Xaridorlarga va buyurtmachilarga berilgan chegirma- lar» hisobvarag‘ida shartnoma shartlari asosida sotilgan mahsulot bo‘yicha hamda sotish baholaridan (sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bo‘yicha yaroqsizlik aniqlanganda) chegirmalar hisobga olinadi va uning paydo bolishiga — DT 9050 KT 4010, hisobdan chiqishiga — DT 9010, 9020, 9030 KT 9050 provod- kalari tuziladi. 9000 — «Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar» bo‘yicha analitik hisobvaraqlar sotilgan mahsulot, tovar bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlaming har bir turi bo'yicha tashkil etiladi. Bunda, ya’ni ular analitik hisobini tashkil etishda korxonani boshqarish nuqtayi nazaridan kelib chiqib sotish yo‘nalishlari, mintaqalar bo‘yicha sotilishi ham hisobga olinishi mumkin.

Yüklə 107,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə