|
Boshqaruv ilmiga sharq mutafakkirlarining ilmiyACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESboshqaruv-ilmiga-sharq-mutafakkirlarining-ilmiy-qarashlariACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 60 www.ares.uz
2. Nozik farosatli bo’lishi, fikrlarni tezda ilg’ab olishi va umumiy ahvolni
ravshan tasavvur etishi;
3. Ko’rgan va eshitganlarini xotirasida to’liq saqlay olishi;
4. Zehni o’tkir va o’zi zukko bo’lishi;
5. O’z fikrini ravshan va chiroyli so’zlar bilan tushuntira olishi;
6. Ilmu ma’rifatga doimo intilishi;
7. O’z nafsini tiya olishi;
8. Haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevishi;
9. O’z qadrini biluvchi, pastkashlikdan yuqori turuvchi, or-nomusli va
oliyhimmat inson bo’lishi;
10. Mol-dunyoga qiziqmaydigan bo’lishi;
11. Haqsizlik va razolatga qarshi murosasiz adolatparvar inson bo’lishi;
12. Qat’iyatli, jur’atli va jasur bo’lishi lozim.
Forobiy bu talablarni har bir rahbarning zimmasiga bejiz qo’ymagan, chunki
yuqorida sanab o’tilgan oliy insoniy fazilatlarga ega bo’lgan inson nafaqat o’zining
barkamolligi, balki boshqalarning baxtsaodati yo’lida ham ko’p xayri ishlarni amalga
oshira olishi shubhasiz.
Forobiy ta’limotini davom ettirgan holda, Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg’u
bilig” (“Baxtga eltuvchi bilim”) asarini yaratdi. Xalq orasida “hukmdorlar odobi”
nomi bilan mashhur bo’lgan bu asar rahbarning asosiy fazilatlariga, uning
zimmasidagi vazifalarga bag’ishlangan. Mazkur asarda hukmdor yoki rahbar uchun
eng asosiy mezon adolat, uning qanoti esa bilim va qanoat bo’lishi lozimligini asar
muallifi alohida ta’kidlab o’tadi. “Qutadg’u bilig”da mamlakat boshlig’i bo’lish
uchun kishining tag-tubi, asl nasli toza, andishali, pokiza xulqli, aql-idroki kuchli
bo’lishi, g’aflatda qolmasligi, yolg’on gapirmasligi shart, degan yo’l-yo’riqlar
berilgan. Muallifning ta’kidlashicha, El uchun ikki narsa mustahkam tayanchdir: biri
xushyorlik, ikkinchisi adolat. Ikkalasi adolat ildizidir.
XV asrda Sharqda siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi rivojiga katta hissa
qo’shgan olim Jaloliddin Muhammad Ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy (1427–1502)
o’zining “Axloqi Jaloliy” asarida boshqaruv jarayoniga oid qarashlarini bayon etgan.
Jumladan, asar uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda axloq haqidagi qarashlar,
ikkinchi qismda oilani boshqarish haqidagi qarashlar va uchinchi qismda shahar
(davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati to’g’risidagi fikr-mulohazalar qayd
etilgan. E’tiborli tomoni shundaki, Davoniy ushbu “Axloqi Jaloliy” asarida jamiyatni
adolatli – fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil
|
|
|