|
Boshqaruv ilmiga sharq mutafakkirlarining ilmiyACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESboshqaruv-ilmiga-sharq-mutafakkirlarining-ilmiy-qarashlariACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 59 www.ares.uz
Tadqiqot mavzuiga oid Sharq mutafakkirlarning o’z asarlarida keltirib o’tgan
borshqaruv ilmiga xos qarashlarini psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish,
qiyosiy tahlilmetodlaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Boshqaruv - bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim
faoliyatini takomillashtirishga yo’naltirilgan, faoliyatning maxsus shakli.
Boshqaruv jarayonining mohiyati maqsad - natijani mos kelish yo’nalishi
bo’yicha harakatni yo’lga solishdan iborat bo’ladi.
Sharqda o’z ta’limoti bilan tarixda qolgan buyuk Xitoy faylasufi Konfusiy,
Kun Fuszi (mil. av. 551–479) asarlari, boshqaruv to’g’risidagi qarashlari oradan ming
yillab vaqt o’tib borayotgan bo’lsa-da dolzarbligini yo’qotayotgani yo’q. Zero,
Xitoyda Konfusiy axloqiga binoan inson dunyo tartiboti tizimida favqulodda o’rin
tutishi, umumiy dunyo taqdiri uchun mas’ullik hissining cheksizligi targ’ib etilsa,
kosmologiya g’oyasida siyosat va kosmik ritm o’rtasida murosa o’rnatilishi
asoslangan. Xitoy siyosati esa “inson o’ziga kim” deb emas, “inson davlat uchun
kim” degan savolga javob izlar edi. Inson jamiyatda faqat o’z qobiliyatiga tayanib,
qachon undan foydalanishlari muddatini kutib yashashga mahkum etilgan edi. Shu
boisdan ham Xitoyda davlat jamiki jarayonlarni boshqaruvchi kuch sifatida jamiyatda
har bir individning ijtimoiy mavqyeini ham belgilab boruvchi omil vazifasini o’tar
edi. Konfusiy osmoniy g’oya nazariyasini ijtimoiy-psixologik tadqiq etgan holda
ma’rifiy bo’yoqlar bilan yanada rivojlantirdi.
O’rta asrlarda yashagan, mashhur olim Abu Nasr Forobiy jamiyat taraqqiyotida
rahbarning xizmati benihoya katta ekanini ta’kidlab, o’zi orzu qilgan adolatli jamiyat
rahbari bir qator fazilatlarga ega bo’lishi lozimligini alohida uqtirib o’tgan. “Kimki
birovni baxt va saodatga erishtirish uchun zarur bo’lgan ish-harakatlarga ruhlantira
olish qobiliyatiga ega bo’lmasa va bu ish-harakatni bajara olishga qudratsiz bo’lsa,
bunday odam sira ham rahbar bo’la olmaydi. Ular yo’l-yo’riqlarni o’tmishda yashab
o’tgan boshliqlardan o’rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o’tmishdagi
rasm-rusm, yo’l-yo’riqlarni isloh qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga
qarab o’zgartiradi. Shuningdek, yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni ham
o’zgartirmog’i kerak. Aks holda o’tmishning talablariga rioya etib, uning kayfiyati
saqlansa, turmushda hyech qanday yengillik, o’zgarish va o’sish ham bo’lmaydi.
Uning nazarida har bir rahbar:
1. Sog’-salomat bo’lishi;
|
|
|