Boshqaruv ilmiga sharq mutafakkirlarining ilmiy



Yüklə 283,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.10.2023
ölçüsü283,78 Kb.
#126064
1   2   3   4   5   6
boshqaruv-ilmiga-sharq-mutafakkirlarining-ilmiy-qarashlari

ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 58  www.ares.uz 
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy ta’lim tizimiga boshqaruvning 
yangi tamoyillarini joriy etish, ta’lim muassasalarini zimmasiga yuklangan 
vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir bo’lgan rahbar va pedagog 
kadrlar bilan ta’minlash, rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, 
pedagoglarning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishning 
huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi va moddiy-texnik bazasi kengaytirildi. Zamon 
yoshlarining jahon talabi darajasida bilim olishlari uchun bo’lajak mutaxassislarni 
innovasion tayyorlash, zamonaviy ta’limni amalga oshirish bo’yicha dunyoning 
yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan 
tadqiqotlarda bo’lajak pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovasion ta’lim 
muhitini yaratish muammolari, xalqaro ta’lim standartlari talablarining joriy 
qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Olib borilayotgan tadqiqotlarda 
o’qituvchilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalarni ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli qo’llash, dars jarayonini boshqarish 
kabi indikatorlar asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o’rin 
tutadi.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Rahbar shaxsini o’rganish muammosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida 
muhim masala bo’lib kelgan. Buning asosiy sababi birinchidan, har bir davrdagi 
ijtimoiy munosabatlar o’ziga xos ravishda ijtimoiy mavqye jihatidan kimningdir 
yuqori darajada turishini taqozo etgan bo’lsa, ikkinchidan, insonlarning hayot 
kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi, baxtli turmush kechirishi shu yuqori 
mavqyedagi shaxsga, uning turli fazilatlari va xislatlariga bog’liq bo’lganligidir. 
Bugungi kun pedagogining zamon talablariga javob berishini aniqlash, shaxsni 
shakllantirishda tarbiyaning maqsad va vazifalari, qoidalari, ta’lim va tarbiya 
metodlari, uning qadimiy ildizlari (genezisi)ni aniqlashda Sharqning taniqli qomusiy 
olim va mutafakkirlarining hissalari kattadir. Buyuk Sharq mutafakkirlari Konfusiy, 
AlXorazmiy, Al-Kindiy, Al-Forobiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, 
Sa’diy Sheroziy, Mirzo Ulug’bek, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Boburlar birinchilardan bo’lib ta’lim metodlarini ilmiy asoslab 
berishgan.



Yüklə 283,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə