Boshqaruv psixologiyasi


Seminar MASHG‘ULOT ISHLANMALARI



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə51/93
tarix17.12.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#149852
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
37241 boshqaruv majmua (2)

Seminar MASHG‘ULOT ISHLANMALARI


Seminar mashg‘ulot ishlanmalari
1-Mavzu: Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari
Reja:
1.Boshqaruv psixologiyasi-asli “insoniy munosabatlar” oynasi ekanligi.Bu borada G‘arb va SHarq nuqtaiy nazaridagi yondoshuvlar.
2. Boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari.
3.Hozirgi kunda boshqaruvning psixologik talqini, mohiyati.
4.Fanni o‘qitishning maqsadi.
Mavzu bo‘yicha tarqatma materiallar

Mavzuning qisqacha bayoni: boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o‘zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.
Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida subordinatsiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinatsiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘rganadi.
Tizimning bunday qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, ular o‘rtasidagi hamjihatlik shakllarini yanada mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruvdagi subordinatsiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak, vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro koordinatsiyani, ya’ni tizimning teng va mustaqil qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o‘zining rasmiy va norasmiy ko‘rinishiga ham ega.
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi. SHu munosabat bilan, boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta’kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv metodlarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir
Tashkilot personaliga ta’sir etish uslublarini uch guruhga bo‘lamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shakllarda ta’sir etish. Bularning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon bo‘ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta’sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Boshqaruv ob’ektiga ta’sir etish uslublariga ko‘ra, uning bevosita va bavosita ta’sir shakllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv sub’ekti va ob’ekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizga keltirsak, boshqaruv sub’ekti sifatida rahbarni, ob’ekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub’ekti, balki ob’ekt sifatida ham tushunish zaruratini qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.Mehnat qiluvchi insonni ongli ravishda ilmiy o‘rganish o‘tgan asrdan boshlandi. Tashkilot menejmentini o‘rganuvchi olim V.A. Spivak boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga ajratgan holda tadqiq etadi: Boshkaruv ilmining mazmun va moxiyati kishilarni yoki jamoa mexnat faoliyatini bir joyga nomlash, boshkarish bilan boglikdir. Jamoa yiriklashgan sari boshkaruvning vazifalari murakkablashadi. Boshkaruv jarayonining murakkablashuvi boshkaruv ilmidan foydalanish zaruriyatini keltirib chikaradi.Boshkaruv tizimi ochik murakkab tizim bulib, u ikki kismdan ya’ni ob’ekt va sub’ektdan iborat buladi.Boshqaruv psixologiyasini o‘rganuvchi ob’ekti va sub’ekti aloxida shaxsdir. Ularning psixologik xolatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalar boshqaruv ob’ekti deb aytiladi.Boshqaruvning sub’ekti o‘rganilganda esa odatda, boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruxi nazarda tutiladi. Ob’ekt bu boshkariladigan tizim sub’ekt esa boshkaruvchidir. Boshkaruv psixologiyasi predmetini ta’riflash buyicha bir kancha shakldagi muloxazalar mavjud bulsada lekin ularning birontasi xam uning tub ma’nodagi xusuiyati va moxiyatini ochish imkoniyatiga ega emas. Asrimizning 60-70 yillarida berilgan ta’riflar xilma-xil bulib, ular soxaning yunalishi mazmunini chukurrok yoritilishiga karatilgandir. Jamoa boshkaruvining xamkorlik faoliyatida shaxsning xulkiga va ongiga guruxiy va ommaviy ta’sir utkazishning psixologik xususiyatlarini, raxbar va ijrochi urtasidagi muamola munosabatlarini, shaxslararo munosabat boskichlarini, raxbarning psixologik va individual xususiyatlarini urganish boshkaruv psixologiyasining predmetidir. Bundan tashkari boshkaruv psixologiyasi predmeti tarkibiga amaliy va nazariy kunikmalarni egallash xususiyatlari idora kilishning konuniyatlari, psixologik moslik, jipslikni ta’minlovchi omillar va mexanizmlarni urganish singari bir kator soxalarni xam kidirish zarur. Xuddi shu boisdan, boshkaruv psixologiyasi predmetini cheklash, birlamchi va ikkilamchi, asosiy va yordamchi bevosita yullari xamda vositalari yuzasidan muloxaza yuritish, kuzlangan maksadni amalga oshirish uchun sun’iy tusikni vujudga keltiradi deyish mumkin. Boshkaruv psixologiyasi psixologiya fanining boshka soxalari bilan uzviy boglikda uzi tuplagan ma’lumotlarni chukur va ilmiy jixatdan okilona taxlil kilish imkoniyatiga ega buladi. Umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, mexnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, yosh davrlar psixologiyasi, kichik gurux psixologiyasi, muomala psixologiyasi singari soxalar bilan chambarchas boglikdir.Munosabatlar, ommaviy xarakatlar, shaxsga ta’sir utkazish buyicha uzini uzi, gurux va jamoani boshkarish, unda psixologik muxitni ta’minlash, xamkorlik faoliyatining samaradorligini, shaxslararo munosabatning yuksak darajasini vujudga keltirish, nizom va ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish imkoniyati tugiladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə