Boyl-Mariott qonuni


Ideal gaz qonunining molekulyar koʻrinishi qanday?



Yüklə 59,65 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü59,65 Kb.
#181245
1   2   3
ideal gaz

Ideal gaz qonunining molekulyar koʻrinishi qanday?
Agar siz \[n \text{ modda miqdori}\] oʻrniga \[N \text{ molekulalar soni}\]dan foydalanmoqchi boʻlsangiz, formulani quyidagicha yozish mumkin,
\[\Large PV=Nk_BT\]
Bu yerda \[P\] – gazning bosimi, \[V\] – gaz egallagan hajm, \[T\] – gazning temperaturasi, \[N\] – gazdagi molekulalar soni va \[k_B\] – Bolsman doimiysi,
\[k_B=1{,}38\times 10^{-23} \dfrac{J}{K}\]
Agar biz Bolsman doimiysi qatnashgan ideal gaz qonunining ushbu formulasidan foydalansak, \[P\] ning birligi \[\text{paskalda Pa}\], hajm \[V\] ning birligi \[\text{m}^3\] va temperatura \[T\] ning birligi \[\text{kelvinda K}\] boʻlishi kerak. Bu maʼlumotlar quyidagi jadvalda qulayroq qilib koʻrsatilgan.
Ideal gaz qonunining proporsional koʻrinishi qanday?
Ideal gaz qonunini yozish uchun yana bir foydali usul mavjud. Agar modda miqdori \[n\] (yaʼni molekulalar soni \[N\]) oʻzgarmasa, \[nR\] va \[Nk_B\] miqdor gaz uchun doimiy boʻladi. Bu tez-tez yuz beradi, chunki koʻrib chiqilayotgan gaz koʻpincha germetik yopiq idishda boʻladi. Agar biz bosim, hajm va haroratni ideal gaz qonuni tenglamasining yon tomoniga oʻtkazsak, quyidagicha formula hosil boʻladi,
\[nR=Nk_B=\dfrac{PV}{T}=\text{ const}\]
Bu shuni koʻrsatadiki, gazning molekulalari soni (yaʼni modda miqdori) oʻzgarmas qolganda, gaz qaysi jarayonda boʻlishidan qatʼi nazar, gaz uchun \[\dfrac{PV}{T}\] nisbat doimiy boʻladi. Boshqacha aytganda, agar gaz \[1\]-holatdan (bosim \[P_1\], hajm \[V_1\] va harorat \[T_1\]) \[2\]-holatga oʻtsa (bosim \[P_2\], hajm \[V_2\] va harorat \[T_2\]), bizga maʼlum jarayonning oʻzgarishlaridan qatʼi nazar, yuqoridagi tenglik bajariladi.
\[\Large \dfrac{P_1V_1}{T_1}=\dfrac{P_2V_2}{T_2}\]
Ushbu formula, ayniqsa, bir holatdan boshqasiga oʻtayotgan ideal gazni tavsiflashda foydalidir. Formulada hech qanday gaz doimiylari ishlatilmagani sababli biz xohlagan birliklardan foydalanishimiz mumkin, lekin birliklar ikkala tomon uchun ham bir xil boʻlishi kerak (masalan, \[V_1\] ni \[\text{m}^3\] da ifodalasak, \[V_2\] ni ham \[\text{m}^3\] da ifodalashimiz kerak). [Ammo harorat doim Kelvinda boʻlishi zarur]


Yüklə 59,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə