Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Yüklə 9,25 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü9,25 Kb.
#166393
  1   2   3
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va rivojlanishi

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARI BO’YICHA ta’lim YO’NALISHI 2-OLIY TA’LIM ( sirtqi) 1-GURUH talabasi: Kamolov Mexriddin

MAVZU: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.

Reja: 1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. 2. Bozor iqtisodiyotining asosiy muammolari.

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyoti – bu xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan iqtisodiyotdir. Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`molchilik sohasini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo`jaliklari resurslarni yetqazib beruvchi va ishlab chiqaruvchi ham hisoblanadi. Davlat – iqtisodiy resurslar va tovarlar iste`molchisi hamda ijtimoiy iste`mol xarakteridagi ne`matlar bilan ta` minlovchi hisoblanadi. Korxona yoki tadbirkorlik sektori - iqtisodiy resurslarning iste`molchisi, iqtisodiyotning birlamchi bo`g`ini va tovar (xizmat) larning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bozor xo`jaligi subyektlari

Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining tabiati taqozo qiladigan, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg`unlashtirishga qaratilgan iqtisodiy dastak hamda vositalardir. Bozor mexanizmi Bahotaklif Raqobat Talab Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari: Xususiy mulk ustuvorligi. Tadbirkorlik va tanlash usullari. Iqtisodiy manfaatlarning rag`batlantirilishi. Davlatning cheklangan roli. Barcha iqtisodiy tizimlarga xos va bozor iqtisodiyotida ham mavjud bo`lgan belgilar: Ilg`or texnologiya va yangi texnikadan keng miqyosda foydalanish. Ishlab chiqarishning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi. Pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarning qo`llanilishi

Bozor iqtisodiyotining asosiy muammolari. 1. Nima ishlab chiqarish zarur ? 2. Qanday ishlab chiqarish zarur ? 3. Qancha ishlab chiqarish zarur ? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. Yangi texnika va texnologiya asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur. Iqtisodiy resurslar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqari-ladi. 4.Kim uchun ishlab chiqarish zarur ? Aholining alohida tabaqalari(yuqori, o`rta va kam ta`minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashlik qilinadi. Muammolar Yechimlar Kamchiliklari: Raqobatning kuchsizlanishiga yo`l qo`yadi (korxonalarning qo`shilib ketishi, monopol tizimlarning vujudga kelishi) Ijtimoiy iste`mol xarakteridagi tovarlar bilan ta`minlash layoqatiga ega emas. Daromadlar tengsizligining kuchayishiga va aholining mulkiy tabaqalanishiga olib keladi. Tovarlar hajmi va pul massasi o`rtasidagi ro`y berib turadigan nomuvofiqliklarni bartaraf eta olmaydi. Ish haqi bilan narxlar darajasi muqobilligini ta`minlay olmaydi. Afzalliklari Resurslarni samarali taqsimlaydi. Erkinlikni ta`minlaydi. Iqtisodiy faollikni rag`batlantiradi.


Yüklə 9,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə