Bozor tarkibining tahlili



Yüklə 25 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü25 Kb.
#140112
1   2   3   4   5
raqobat va monopoliya

2. 

Ishlab 

chiqarilayotgan 

mahsulot 

xususiyati 

(bir 

turdagi, 

diversifikatsiyalashgan, yagona). 
Mahsulotning sifati uni iste’molchi qanday qabul qilishiga qarab aniqlanadi. 
Agarda iste’molchi qandaydir bir firma savdo belgisiga xohish-istak bildirmay,
barcha tovarlarni absolyut o‘rinni bosuvchi tovarlar deb, qabul qilsa, bu tovarlar bir 
turdagi tovarlar bo‘ladi. Agarda tovar firma savdo belgisiga, o‘ziga xos dizayni,
qadoqlash usuli, reklamasi va tayyorlanish sifatiga ega bo‘lsa, bu tovar 
diversifikatsiyalashgan tovar bo‘ladi. Agarda tovarning hech qanday o‘rnini
bosuvchisi bo‘lmasa, u iste’molchilar ko‘z o‘ngida yagona, unikal tovar bo‘lib 
gavdalanadi va bu tovar shu nomni oladi.

3. Firmalarning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish darajasi. Bu
ko‘rsatkich firmaning bozordagi narxlarga nisbatan o‘rtacha xarajatlarini oshib 
ketishi bilan aniqlanadi.
Firmaning olgan natijasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik yuqori 
darajada bozordagi narxlarga ta’sir eta oladi, natijada qo‘shimcha daromad olishi
mumkin.

4. Yangi firmalar uchun bozorga kirib borish imkoniyati va biznesdan 

chiqib ketish xarajatlari. Bularni ikki guruhga ajratilgan tarmoqdagi to‘siqlar
orqali aniqlash mumkin.
1) Sun’iy to‘siqlar (institusional). Faoliyat turi bo‘yicha cheklangan firmalar
uchun patent va lisenziyalar berish.
2) Tabiiy to‘siqlar. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kerak bo‘ladigan
investision 
xarajatlar,
bozordagi 
mahsulotlarning
yuqori

darajada


diversifikatsiyalashganligi, iste’molchilarning mavjud firma savdo belgisiga 
bo‘lgan ishonchi, mahsulotlarni taqsimlash kanallariga bo‘lgan yo‘llar.
Masalan, O‘zbekistondagi aloqa kompaniyalari. Yirik to‘rtta aloqa 
kompaniyasi deyarli yuz foiz aloqani ta’minlab beradi. Ularga raqobtchi bo‘lish
uchun juda katta to‘siqlar mavjud. 



Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə