Bozor tarkibining tahlili


 Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari



Yüklə 25 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü25 Kb.
#140112
1   2   3   4   5
raqobat va monopoliya

3. Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari
Real bozorlar, odatda, nomukammal raqobat muhitida bo‘ladi va ularni 
oligopoliyaga yoki monopolistik raqobatga kiritish mumkin. Bu vaziyatga
qaramasdan, bozor tuzimalalarini tadqiq qilish mukammal raqobat modelini tahlil 
qilishdan boshlanadi.

Birinchidan, bu model, raqobat sharoitlariga (ya’ni, firmalar tarmoqqa erkin
kirib chiqa oladigan, asosan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozori) 
yaqin bozolarni tadqiq qilish imkonini beradi.

Ikkinchidan, mukammal raqobat bozori misolida xar bir firma oldida turgan
asosiy masala, ya’ni, o‘z daromadini maksimallashtirish uchun qancha miqdorda 
mahsulot ishlab chiqarish kerak, firmaning iqtisodiy muvozanat sharoiti qanday
degan muammolari hal qilinadi. 
Va nihoyat, uchinchidan, mukammal raqobat modeli real tarmoqlar
samaradorligini va ularning monopollashuv darajasini baholash imkonini beradi.


Mukammal raqobat modelining xususiyatlari: 
1. Firmalar mahsuloti bir turdagi bo‘ladi, shuning uchun iste’molchilarga 
qaysi ishlab chiqaruvchidan mahsulot sotib olishning farqi yo‘q. Tarmoqdagi
barcha tovarlar absolyut o‘rinni bosuvchi tovarlar hisoblanadi. Bu degani, bir 
ishlab chiqaruvchi tomonidan narxlarni bozorga nisbatan kam miqdoda bo‘lsa ham
oshirish uning mahsulotiga bo‘lgan talabning nolga tenglashishiga olib keladi.
2.

Bozordagi iqtisodiy sub’ektlar soni cheklanmagan miqdorda ko‘p,
ularning yalpi tarmoqdagi ulushi nisban past. Mukammal raqobat sharoitida firma 
tarmoqning ko‘zga ko‘rinmas oz qisminigina bozorga taklif qilishi mumkin.
Alohida firmaning (alohida iste’molchining) sotuv (xarid qilish) xajmini 
o‘zgartirish haqidagi qarori mahsulotning bozordagi narxiga ta’sir qilmaydi.
Bozordagi narx sotuvchilar va xaridorlarning birgalikdagi xarakatlari natijasida 
shakllanadi.
3.

Bozorga kirish va chiqishning erkinligi. Bozorda turli xildagi
cheklovlar va ta’qiqlashlar umuman bo‘lmaydi. Davlatning talab va taklif 
mexanizmiga aralashuvi ham umuman bo‘lmaydi. Bozorga kirish va chiqishdagi
erkinlik barcha resurslarni absolyut tarzda minataqalar aro va tarmoqlararo erkin 
xarakatlanishiga yordam beradi.

4.


Bozordagi barcha sub’ektlarning mukammal bilim va axborotga 

egaligi. Barcha qarorlar aniqlik sharoitida qabul qilinadi. Bu degani barcha
firmalar o‘z daromadlar va xarajatlari, barcha resurslarning narxlari, mavjud 
texnologiyalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi, iste’molchilar esa, xamma
firmalardagi narxlar haqida to‘liq ma’lumot ola oladi. Shu bilan birga, axborot 
tezlik bilan va mutlaqo bepul tarqatiladi.
Yuqoridagi xususiyatlar juda ham qattiq va amaliyotda mukammal tarzda 
qo‘llash kamdan-kam holatlarda amalga oshiriladi. Shunga qaramay, mukammal
raqobat modeli iqtisodiy tahlilning muxim elementlaridan biri hisoblanadi.
Bozor mukammal raqobatlashgan bozor bo‘ladi, agar unda quyidagi
shartlar bajarilsa: 

sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday 


qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;



bozorga yangi sotuvchilarni kirishi cheklanmagan;



sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi.


Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof 
raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda
harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin 
raqobatlashuvchi firma to‘g‘risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda
harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz. Demak, raqobatlashgan bozorda tovar 
narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham
ta’sir qila olmaydi: 


.
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan 
tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‘lgani
uchun ham u tovar narxini o‘zgartira olmaydi. 
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb,
ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab
ularning narxi har xil bo‘ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning
narxiga ko‘ra yuqori bo‘ladi). 
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad
firma tomonidan ma’lum 
miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad
sotilgan mahsulot miqdorini 
uning narxiga
ko‘paytmasiga teng: 
,
bu yerda 

yoki
- umumiy daromad; 


- narx;
- sotilgan ne’mat 
miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bo‘lganligi 
uchun, u
ko‘rinishida yoziladi. 



Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə