Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish


Tadqiqotlar quyidagi hollarda zarurdir



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə2/5
tarix26.05.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#113055
1   2   3   4   5
Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish

Tadqiqotlar quyidagi hollarda zarurdir:
· mamlakat bozorida tovarlarni sotuvchi kompaniyalarni faoliyatini o‘rganish uchun;
· ishlab chiqarishni talabga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishga o‘zgartirish;
· yangi mahsulot, boshqarishning yangi metodlariga o‘tish bilan raqobatchilar kurashining kuchayish ehtimoli uchun;
· tashqi bozordagi raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish maqsadida.
Marketing faoliyatining muhim obyekti - firma uchun yangi bozorlarni aniqlashdir. Alohida tovarlar va tovar guruhlari, alohida regionlar va mamlakatlar, ichki va tashqi bozorlar, kapital, ish kuchi, qimmatbaho qog‘ozlar, xaridorlar va sotuvchilar bozorlari mavjud. Ular ichidan eng muhimi tashqi va ichki bozorlardir. Ichki bozor - bir mamlakat chegarasidagi tovar muomalasini o‘z ichiga olsa, tashqi bozor - milliy davlat chegaralari ortidagi tovar muomalasi yig‘indisidir. Ichki bozor ishtirokchilari mahalliy va chet el firmalari, korxona va tashkilotlari bo‘lsa, tashqi bozor ishtirokchilari alohida mamlakatlar milliy chegarasidan tashqariga qiladigan tovar muomalasida ishtirok etadigan korxona, firmalardir, ya’ni bu bozor ma’lum bir mamlakatga nisbatangina tashqi hisoblanadi. Ichki va tashqi bozorlarning rivojlanish darajasi ular konyunkturasi va sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, konyunktura bu - ma’lum davrdagi vaqt darajasi sharoitidagi talab va taklif nisbatidir.
Bozor konyunkturasini va uning istiqbollarini yetarlicha hisobga olmaslik, korxonalar uchun inqiroz, zarar, sinishga olib kelishi mumkin. Yetarlicha miqdordagi buyurtmaning yo‘qligi sababli «Konkord» dasturi bo‘yicha samolyot ishlab chiqarish to‘xtab qoldi, bundagi ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik ishlari uchun 2,5 mlrd. dollardan ko‘p mablag‘ sarflangan. Bozor konyunkturasi bir-biri bilan uzviy o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan va unga bir vaqtda ta’sir qiluvchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik omillarga bog‘liq bo‘ladi, bu omillar konyunkturani to‘ldirishi, kuchaytirishi yoki, aksincha, susaytirishi mumkin. Bozor konyunkturasiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish, ilmiy-texnika taraqqiyoti, kapital va ishlab chiqarishning markazlashuvi, inflyatsiya, iqtisodning harbiylashuvi orqali ta’sir o‘tkazish mumkin.
Omillarning bir qismi doimiy emas, shuning uchun konyunkturaga epizodik ta’sir o‘tkazadi. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
- ijtimoiy omillar, jumladan, ish tashlash, baykotlar, tabiiy ofatlar, beqaror siyosiy holatlar va boshqalar.
Ma’lum bozorlar shartlari va xususiyatlariga bog‘liq ravishda konyunktura hosil qiluvchi omillar soni o‘zgaradi. Ularning konyunkturaga o‘tkazadigan ta’sir kuchi ham o‘zgaruvchandir. Birgina omil turli xil sharoitlar va vaqt oralig‘ida ma’lum bozorga va uning alohida sektorlariga turlicha ta’sir qiladi.
Mana shu sababdan konyunkturani o‘rganish faqatgina muhim va kerakli bo‘lmay, balki murakkab hamdir. Bu ish turli usullarda o‘z kuchlari bilan vositasi ixtisoslashgan firma va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyat natijalari mos keluvchi davrdagi konyunktura holati sifatida rasmiylashtiriladi. Konyunktura holatining kompleks tavsifnomasi unda o‘z aksini topadi, asosiy yo‘nalishlar, prognoz va uning rivojlanishi ta’kidlanadi. Konyunkturani tadqiq qilish bozorning tovar bilan to‘yinishi iqtisodiy samaradorligini hisoblash bilan yakunlanishi kerak. Bozorning turidan qat’iy nazar, iqtisodiy samaradorlik natijalar va xarajatlar nisbati bilan aniqlanadi.
Ichki bozor sig‘imini hisoblashda boshqa omillar ham hisobga olinadi: to‘lov qobiliyatiga ega talab, yil boshidagi tovar zaxiralari qoldig‘i, tovarlar bozorining umuman (raqobatchilar tovarlari bilan ham) to‘yinganligi, kishi boshiga o‘rtacha iste’mol, korxonalar, tashkilotlar ehtiyojlari.
Milliy iqtisodiyot ayrim tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalarini, ularning texnik va texnologik rivojlanish darajasi tashqi firma davlat va tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarini ham, shuningdek e’tiborga olish kerak. Muammoni nisbatan keng, har tomonlama va kompleks o‘rganish kerak.
Firma o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z tovarlarining bozordagi ulushini ortishiga harakat qilishi kerak, bu narsa shu bozordagi yetakchilikka erishishning asosiy omilidir. Lekin bunda bozordagi ulushning ortishi bilan korxonalar oladigan foyda o‘rtasida uzviy aloqadorlik qonuniyati mavjud. Bu masalani amalga oshirish uchun bahoning pasayishi, tovar sifatining ortishi, yangi tovarlarni ishlab chiqarish va joriy qilish, reklamani kengaytirish va umuman firma «imidji»ni oshirishga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini kuchaytirish kerak.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə