Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish


Sifat va bahoni o‘rganishning adekvat metodlari (uslublari)



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə3/5
tarix26.05.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#113055
1   2   3   4   5
Bozor va asosiy raqobatchilarni tahlil qilish

Sifat va bahoni o‘rganishning adekvat metodlari (uslublari).
Tadqiqotlarda qo‘llanilgan yondashuv sifat muammolarini boshqa tovar kategoriyalarida ham o‘rganish imkonini beradi.
Mexratra va Pammer mahsulot xususiyatini, sifatni qabul qilish bilan bog‘lovchi metodologik yondashuvni taklif qiladilar. Unga ko‘ra fokus-guruh bilan ish davomida yoki iste’molchilar bilan bo‘lgan chuqurlashtirilgan intervyular natijasida signal va foydalar tuziladi; foydalarni tasvirlash uchun semantik differensial shkalalar ishlab chiqishadi; signallarning muhimligini aniqlash uchun kopmromiss baho qo‘llaniladi; respondentlar mahsulot va signallar o‘rtasida moslikni (topadilar) ko‘radilar. Bunday analiz signal va foydalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashtiradi, har bir signalning bahosi raqobatlashayotgan markalar haqida ma’lumot beradi.
Mazkursi va Yakobi, shuningdek, obyektiv signallarni ko‘rib chiqishdan to sifatni yuqoriroq darajada tasavvur qilishgacha bo‘lgan xulosalar jarayonini kuzatish protsedurasini qo‘llash zarurligini tan oladilar. Mustaqil fikrlash protsedurasi o‘rniga ular ma’lumotni qayta ishlash jarayonining qo‘lladilar: tovar atributlari haqida ma’lumot berilgan respondentlardan keltirilgan har qanday ma’lumotdan kelib chiqqan holda uni sifatini aniqlashni so‘radilar. Bu uslub tanqidga loyiq bo‘lsa-da, u qaysi ma’lumotlar iste’molchi tomonidan sifat signali deb sifatida qabul qilinishini aniqlab beradi. Undan tashqari, tajriba shartlarini haqiqatga moslashtirish mumkin.
Sifatni o‘lchash jarayoni.
Sifatni o‘lchashga oid akademik tadqiqotlarga ko‘ra bir o‘lchamli shkalalar qo‘llaniladi, ular sifatni iste’molchi tanlagan har qanday shaklda tushuntirish imkonini yaratadi. Xert-Andersonning ta’kidlashicha, bir o‘lchamli shkalalar metodologik jihatdan ta’sirli emas. Holbruk va Korfman esa “sifat o‘lchovini 2 xil talqin qilishini shkalalar bilan almashtirish zarur” degan fikrda turib olganlar. Parasuraman, Zaytaml va Beri xuddi shu yondashuvdan foydalanadilar: xizmat sifatini o‘rgana turib, ular sifatni unda shakllangan o‘lchamlarda tasavvur qiladilar va tadqiqotlarning birinchi fazasidagi tushunchalar doirasida o‘rganib chiqadilar. Bugungi kunda Bruks va Zaytaml shu talqinga asoslangan iste’molchilar tomonidan uzoq muddatli tovarlar sifatini qabul qilishga oid tadqiqot o‘tkazmoqdalar. Shuningdek, shu o‘lchamlarni bildiruvchi tovar belgilarini aniqlash qachon va qanday ular boshqa signallar o‘rnida ishlatilishi mumkinligini analiz qilish zarur.

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə