Bozor va uning o`ziga xos tomonlari


Bozor iqtisodiyotining taraqqiyot bosqichlari va turlari



Yüklə 32,18 Kb.
səhifə2/5
tarix24.06.2023
ölçüsü32,18 Kb.
#118816
1   2   3   4   5
32956-bozor va uning o`ziga xos tomonlari

Bozor iqtisodiyotining taraqqiyot bosqichlari va turlari

Bozor iqtisodiyoti XVII asrning boshlaridan hozirgi vaqtga qadar bir qancha taraqqiyot bosqichlaridan o`tdi, desak xato bo`lmaydi. Binobarin, har bir bosqichda o`ziga xos iqtisodiy munosabatlar tizimi va bozor iqtisodiyotining turlari shakllandi.

Bozor iqtisodiyotining turlari
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining ilk davriga xos bo`lgan iqtisodiy munosabatlar tizimini ayrim iqtisodchilar, jumladan, taniqli iqtisodchi-olim professor A.O`lmasov "asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti" deb atashadi.1 Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyotining bu turini "mumtoz kapitalizm" deb atash ham uchrab turadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi mazkur turining keyingi ta`rifiga ko`proq moyillik bildirgan holda, uning quyidagi asosiy belgilarini ko`rsatib o`tamiz:
-iqtisodiy resurslarga yakka tartibdagi xususiy mulkchilikning hukmronligi va ularning ozchilik mulkdorlar tasarrufida to`planishi;
-erkin raqobat va sarmoyalarni iqtisodiyotning bir tarmog`idan ikkinchisiga ko`chib yurishi;
-iqtisodiyotning tartibsiz (stixiyali) rivojlanishi;
-bozor ishtirokchilari bo`lgan tadbirkorlarning bir-biridan mutlaqo ajralgan holda ish yuritishi;
-narx-navoning stixiyali shakllanishi;
-davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi;
-stixiyali taraqqiyotning natijasi o`laroq iqtisodiy tanglik va tanazzullarning kelib chiqishi;
-aholi o`rtasidagi keskin tabaqalashuv: boylarning o`ta boy bo`lib ketishi va kambag`allarning o`ta qashshoqlashuvi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan belgilar ichida xususiy mulkchilikning hukmronligi va davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi mumtoz kapitalizmning asosiy belgilaridan bo`lib qolmay, balki uning samarali amal qilishiga to`sqinlik qiluvchi kamchiliklari hamdir. Aynan ana shu kamchiliklar tufayli u tobora "yovvoyilashib" boraveradi va pirovard natijada uning o`rnida madaniylashgan bozor iqtisodiyoti tizimi shakllanadi.
Madaniylashgan (tamaddunlashgan deb ham aytish mumkin) bozor iqtisodiyoti bozor munosabatlari va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga asoslangan tizimdir. Uning xarakterli belgisi iqtisodiyotda davlat sektorining ham mavjudligi va jamiyat iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda davlatning faol ishtirok etishidir.
Shu o`rinda jahonda mashhur iqtisodchi olim Adam Smitning 1776 yilda Angliyada chop etilgan "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risida tadqiqot" nomli kitobining markaziy g`oyasiga to`xtalib o`tamiz. Uning fikricha, davlat iqtisodiyotni xoli qo`ysa, ya`ni unga aralashmasa, iqtisodiyot yaxshiroq amal qiladi. Hozir biz talab va taklif deb yuritadigan iqtisodiy kuchlarni Adam Smit "ko`rinmas qo`l" deb atadi va uning fikricha, o`sha qo`lning o`zi iqtisodiyotni tartibga solib turadi.
Mazkur ta`limot mumtoz ma`nodagi bozor iqtisodiyoti uchun, uning ilk davri uchun asosli bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan eskira boshladi va zamonaviy taraqqiyot talablariga javob bera olmay qoldi.
Iqtisodiyotdagi beboshlik va tartibsizliklarni bartaraf qilish, raqobat kurashining g`ayriinsoniy usullariga barham berish, mustaqil tadbirkorlar o`rtasida madaniylashgan aloqalar o`rnatish, iqtisodiy tangliklar va tanazzullarning oldini olish uchun davlatning aralashuvi zarur bo`lib qoladi. Shunday qilib, XX asrning o`rtalariga kelib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda madaniylashgan bozor iqtisodiyoti shakllana boshladi.
Mazkur iqtisodiy tizim sharoitida resurslar, tovarlar va daromadlarning uzluksiz harakati bozor orqali davlat aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning faoliyatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorida o`zining qatnashuvi bilan ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay shart-sharoitlar yaratadi. 2.3-rasmga diqqat-e`tibor bilan qarasangiz, madaniylashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarni ayirboshlashdan iborat bo`lgan iqtisodiy jarayonlar va ularni tartibga solishdagi davlatning o`rnini yaqqol tasavvur qilasiz.
Dastlab shuni aytib o`tish lozimki, bozor iqtisodiyotining bu har ikki turi o`rtasida katta bir umumiylik bor. Bu umumiylik ularning bozor tizimi bo`la turib, bozor va nobozor munosabatlarning qorishmasidan iborat ekanidir. Shuning uchun ko`pincha bozor iqtisodiyotining bu ikki turi o`rtasidagi farqlar ko`zga tashlanavermaydi va amaliyotda ularga bitta tizim sifatida qarash va aralash iqtisodiyot deb atash keng tarqalgan.
"Ijtimoiy yo`nalishdagi bozor iqtisodiyoti" tushunchasi ilk bor Germaniyada paydo bo`lgan va u erda uning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan. Bundan mazkur tushuncha shu mamlakatgagina xos degan ma`no kelib chiqmaydi, albatta. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan barcha mamlakatlarda kuzatiluvchi hodisa bo`lib, unga jamiyat taraqqiyotining tabiiy mahsuli deb qarash mumkin.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lib, birinchidan, mamlakat iqtisodiyotining tashkiliy tuzilishini tartibga solib turadi. Buning uchun davlat mulkchilik huquqi, pul va valyuta tartibotini, raqobat qoidalari va tashqi iqtisodiy faoliyat tartib - qoidalarini belgilab beradi. Ikkinchidan, davlat fuqarolar va aholining alohida qatlamlari ijtimoiy ahvolini belgilovchi mezonlar qabul qiladi. Shu maqsadda mehnat va unga haq to`lash, mulkchilik va turar-joy masalalari, ekologiya va hokazolarga oid tartib- qoidalarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy xususiyatlardan kelib chiquvchi turli modellari mavjud bo`lib, ularning asosiylari nemis, shved, golland va yapon modellaridir. Keyingi yillarda jahon amaliyotiga shiddat bilan kirib kelgan yana bir model borki, uni "o`zbek modeli" deb yuritiladi. Biz bu haqda 3-bobda batafsil to`xtalamiz.
Bozor iqtisodiyotiga xos bo`lgan belgilardan biri - iqtisodiy raqobatning mavjudligidir. Bozor munosabatlarining ishtirokchilari - tovar ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar o`zlarining iqtisodiy manfaatlariga egadirlar. Bu manfaatlarni yaxshiroq va oqilona qondirish yo`lidagi ularning barcha xatti-harakatlari va intilishlari raqobat kurashi tarzida namoyon bo`ladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar) o`z tovarlarini yuqoriroq narxda sotib, ko`proq foyda olish uchun kurashadilar, iste`molchilar kamroq xarajat qilgan holda o`z manfaatlarini ko`proq qondirishga intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka asoslangan tizim bo`lgani uchun eng kuchli raqobat kurashi tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida bo`lishi tabiiy hol. Chunki har bir tadbirkor o`z mablag`ini ko`proq va tezroq foyda olishi mumkin bo`lgan sohaga kiritishga, ishlab chiqargan tovarini bozorda ko`proq va yuqoriroq bahoda sotishga harakat qiladi. Natijada ham xomashyo bozorida, ham tayyor maxsulotlar bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobat kurashi paydo bo`ladi.
Raqobat kurashining 2 xil turi - tarmoqichra va tarmoqlararo raqobat mavjud bo`lib, ularning birinchisi bir xil tovarlar ishlab chiqarish bilan band bo`lgan tadbirkorlar raqobatidir. Tarmoqlararo raqobat esa turli xil tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi kurashda namoyon bo`ladi.
Endi raqobat kurashining bu ikki turi xususida batafsilroq to`xtalib o`tamiz.
Tarmoqichra raqobat o`z mohiyatiga ko`ra iqtisodiy taraqqiyotning juda muhim omili bo`lib xizmat qiladi. Bir xil ehtiyojni qondirishga mo`ljallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobatda "sendan men o`taman" tarzida kurash ketadi. Masalan, odamlarning nonga bo`lgan talab-ehtiyojlarini qondiruvchi tadbirkor-novvoy yoki "Doka-non" firmasi o`z mahsulotlarini ko`proq sotib, ko`proq foyda olish uchun, avvalambor, nonning sifatini oshirishga harakat qiladi. Biroq, o`z-o`zidan ma`lumki, nonning sifati yaxshi bo`lishi bilan uning sotuvi ko`payib qolmaydi. Uning narxi ham xaridor uchun ma`qul bo`lishi kerak. Shuning uchun tadbirkor yoki firma yopilayotgan nonning narxini tushirish uchun o`z xarajatlarini kamaytirish yo`llarini izlaydi.
Shunday qilib, tarmoqichra raqobat tadbirkorlardan bir vaqtning o`zida ikkita muhim vazifa bilan shug`ullanishni taqazo etadi. Ularning birinchisi mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`lsa, ikkinchisi ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani joriy qilish, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtira borishdir. Kam hajmda va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tez orada bankrotlikka uchraydi, ya`ni sinadi.
Tarmoqlararo raqobat ham bozor iqtisodiyoti sharoitida shiddatli kechadi. Sarmoya egalari o`z mablag`larini biron-bir soha yoki tarmoqqa yo`naltirishdan oldin u erdagi foyda me`yori bilan qiziqadi. Tabiiyki, qaysi tarmoqda uning sarmoyasi ko`proq foyda keltirsa, u o`z mablag`ini aynan shu tarmoqqa kiritadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar xo`jalik amaliyotida shunday hollar ham sodir bo`ladiki, tadbirkorlar o`zi faoliyat ko`rsatayotgan tarmoqdan voz kechib, mutlaqo boshqa tarmoqda ish yurita boshlaydilar. Buning sababi oldin sarmoya kiritilgan tarmoqda foyda me`yorining tushib ketgani va ko`proq foyda olish mumkin bo`lgan boshqa tarmoqning mavjudligidir. Masalan, muzlatgich ishlab chiqaruvchi firma yuqorida ko`rsatilgan holat tufayli konditsioner ishlab chiqarishga, televizor ishlab chiqarayotgan firma kompьyuterlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashuvi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ro`y beruvchi raqobat kurashini mukammal, nomukammal va monopolistik raqobatlarga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat deganda bir xil tovarlar va xizmatlar taklif qilinadigan bozordagi raqobat tushuniladi. Masalan, televizorlar bozori, kompьyuterlar bozori, un yoki sut mahsulotlari bozori va hokazo.
Raqobatning bu turi quyidagi belgilarga ega:
-bozordagi tadbirkorlarning erkinligi, ya`ni istagan paytda bozorga o`z mahsuloti bilan kira olishi va undan chiqib keta olishi;
-hech kimning bozorda hukmronlik qila olmasligi va boshqalarga taziyq o`tkazmasligi;
-tovar ishlab chiqaruvchilarning halol va madaniylashgan usullar bilan raqobatlashuvi.
Nomukammal raqobat esa ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning hukmronlik qilishi natijasida boshqalarning iqtisodiy erkinligi cheklangan bozordagi raqobatdir. Bunday sharoitda bozorga hamma ham o`z mahsuloti bilan erkin kira olavermaydi. Shuning uchun raqobat kurashi tor doiradagi tadbirkorlar va firmalar o`rtasida sodir bo`ladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasining avtomobil bozoridagi raqobatni olaylik. Bu erda raqobat kurashi "Mersedes Bents", "Folksvagen", BMV hamda "Opel" avtogigantlari orasida boradi.



  1. Yüklə 32,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə