Bozor va uning turlari



Yüklə 32,45 Kb.
səhifə2/10
tarix11.10.2023
ölçüsü32,45 Kb.
#127025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor va uning turlari-fayllar.org (1)

iste’molchilar bozori – bunday bozorda ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molchilar uchun sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu bozor talab va taklif, qiymat qonunlari asosida faoliyat ko’rsata boshlaydi. Iste’molchilar bozori asosida, birja savdosi, barter turlari vujudga keladi. Iste’molchilar bozorini rivojlanishi uchun O’zbekistonda savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari xususiylashtirildi va erkin savdo baholariga o’tildi;



  • xizmat ko’rsatish bozori – bu bozorning rivojlanganligi, aholining moddiy ne’matlar bilan yaxshi ta’minlanganligini ifodalaydi. Xizmat ko’rsatish bozori o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi: kommunal-maishiy xizmat ko’rsatish, turistik, transport vositalari bilan ta’minlash tibbiy xizmat ko’rsatish, repetitorlik xizmati, axborot vositalari bilan ta’minlash xizmati va h.k. Iqtisodiyotning rivojlanishi bilan xizmat ko’rsatishning yangi shakllari vujudga keladi;



  • uy-joy bozori – bu bozor iqtisodiyotning o’tish davrida vujudga keladi. Ma’ulmki, bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichida uy-joy xususiylashtirildi. Uy-joy bozorining rivojlanishi ish kuchi migrasiyasiga ta’sir etadi. Ishchilar erkin ravishda o’zlarining ish joylarini o’zgartirish imkoniga ega bo’ladilar;



  • ish kuchi bozori (mehnat bozori). Bozor iqtisodiyoti sharoitida avvalgi darslarda aytib o’tganimizdek, ish kuchi tovar hisoblanadi. Demak, ish kuchi ham sotiladi. Bozor iqtisodiyoti ish kuchini ortiqcha bo’lishini taqozo etadi;



  • investisiya bozori – moliyaviy bozorning o’ziga xos bir ko’rinishi hisoblanadi. Moliyaviy bozorning yana bir turi qimmatbaho qog’ozlar bozoridir. Bu bozorda pul bilan birgalikda, qimmatbaho qog’ozlar ham muomalada bo’ladi (aksiya, obligasiya, veksel, cheklar). Qimmatbaho qog’ozlar bozorining turlaridan biri – fond birjasi hisoblanadi;



  • innovasiya bozori – innovasiyaga texnik va ijtimoiy iqtisodiy yangiliklar, ixtiro va rasionalizatorlik takliflari hamda ilmiy texnikadagi yangi yutuqlar kiradi. Ular ham bozorda tovarga aylanadi.

    Shu bilan birga innovasiya bozorida intellektual mahsulotlar ham sotiladi. Ularga takliflar, fikrlar, maslahat, axborot, model, nusxalar va ovozlar kiradi.
    Yuqorida aytib o’tilgan bozorning turli xillari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qilgan holda rivojlanadi. Ular o’rtasidagi muvozanat natijasida iqtisodiy muvozanat vujudga keladi.


    Yüklə 32,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə