Mavzu: Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari



Yüklə 4,28 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü4,28 Kb.
#138881
Naima2


Psixologiya
Mavzu: Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari
Tafakkur
Inson aqliy faoliyatining yuksak shakli
Ob’yektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni
Inson miyasining alohida funksiyasi
Tafakkur operatsiyalari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi.
Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob'ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan narsalar to’g’risida fikr qiladi.
Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning ob'ekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas.

aqliy operasiyalarning asosiy turlari


Analiz
sintez
taqqoslash
abstraksiyalash
Umumlashtirish
Tasniflash
tizimga solish
Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi.
Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi.
Yüklə 4,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə