Brown and Yellow Scrapbook Brainstorm Presentation



Yüklə 5,77 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü5,77 Kb.
#149843
slayd fon


AQLIY RIVOJLANISHI ORQADA QOLGAN VA XARAKAT-TAYANCH A’ZOLARIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR MAKTABLARIDA DEFEKTOLOGNING MULOQOTINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.
Latibjonova Ziyoda
Mavzu:
Reja:
    • Aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalarni muloqotga kirishishini o‘rgatish
    • Aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar bilan muloqot madaniyatini rivojlantirish
    • Xarakat-tayanch a’zolarida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutq madaniyatini rivojlantirishda badiiy kitoblarni mutoola qilish
    • O‘quvchi va pedagog o‘rtasidagi muloqot madaniyatini shakllantirish

Oligofreniya yunoncha oligos – kam, oz; fren – aql so‘zlaridan olingan bo‘lib, esi past, aqli past demakdir. Oligofren bolalar markaziy asab sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi bilan boshqa alohida yordamga muhtoj bolalardan farq qiladilar.
Aqli zaiflik
Aqliy nuqson bola markaziy asab sistemasining ona qornidaligi davrida, tug‘ilish vaqtida va tug‘ilgandan to uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga ko‘ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bo‘lsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik – demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, ya’ni tabiatan kuchayib boradigan bo‘ladi. Oligofreniyada esa nuqsonning kuchayib borishi kuzatilmaydi.
Bosh miya kasalliklari sababini kelib chiqishiga ko‘ra
a) homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiya, intoksikatsiya va jarohatlar,
b) tug‘ilish vaqtidagi jarohat va asfiksiya;
d) chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta’sir etuvchi yuqumli intoksikatsiya, ovqatlanishning buzilishi va boshqalar;
e) turli irsiy yo’l bilan avloddan-avlodga o‘tadigan gen, xromosoma kasalliklari
Aqli Zaiflik
Aqli zaiflikning mohiyatini nuqsonning moddiy asosi bilan bog‘lab, bunga bosh miyaning organik buzilishini ko‘rsatadilar. Boshqacha aytganda, aqli zaiflikning moddiy asosi sifatida kasallangan bosh miya e’tirof etiladi. Bu kasallik natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma’noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi
Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba nuqsonning o‘zi emas, balki u bilan bog’langan buzilgan ruhiy holatlardir. Shu bilan birga, biz aqli zaif deb bu holatning turg‘unligini ham tushunamiz.
bosh miyada organik buzilishning mavjudligi;
bilish faoliyatlarining umumiy, chuqur buzilganligi
bilish faoliyatlari buzilganligining turg‘un xarakterdaligi.
Aqliy
qoloqlikning asosiy belgilari
oligofreniya darajalari
1
2
3
    • IDIOT (OG’IR)
    • IMBETSIL(O’RTA)
    • DEBIL (YENGIL)

Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat-tayanch a’zolarining turli tug‘ma va orttirilgan deformatsiyasi – artrogripoz, oyoq-qo‘llarning majruhligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoq-qo‘l suyaklari o‘sishining orqada qolishi, miopatiya – mushak to‘qimalarida modda almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira olmaydi
Aqli zaif bolalar guruhiga quyidagi bolalar kirmaydi:
ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar;
aqliy jihatdan saqlangan bo’lib , chuqur nutq kamchiliklari bo’lgan bolalar
aqliy rivojlanmaganlik bosh miyaning organik buzilishlari bilan bog’liq bo’lmagan pedagogik qarovsizlar;
Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchiligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib bo‘lmagan miyaning kasalligidir. Onaning homiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish vaqtidagi patologik o‘zgarishlar, tug‘ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va buziladi. Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi.
Yüklə 5,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə