Bu bizning maktabdagi ilk kunimiz



Yüklə 24,05 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü24,05 Kb.
#154951
  1   2
Amaliyot Oybarchin (1)


Biz O'zbekiston Milliy Universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti 415-guruh talabasi Qo‘ziboyev Elmurodning 2023-yil 11-sentabrdan boshlab, Farg’ona viloyati Rishton tumanida joylashgan 52-sonli maktabda o'z pedagogik amaliyotimizni boshladik. Amaliyotga universitet tomonidan biriktirilgan ustozlarimiz bizni maktab bilan tanishtirib, maktabdan ham alohida o'qituvchilarga biriktirishdi. Menga Himmatova Dilnavoz ustoz biriktirildi.
Bu bizning maktabdagi ilk kunimiz.

Maktabda ilk kunimiz tanishuv kuni bo’ldi va biz o’z amaliyotimizni 12- sentabrdan boshladik. Bizga biriktirilgan Himmatova Dilnavoz opaning darslari 10 G va 10-V sinflarga ekan. Maktab o’quvchilari judayam tartibli intizomli ayrimlari sho’x lekin bilimga tirishqoq edi. O’qituvchi va o’quvchilar bizni iliq kutib olishdi.

Ammo biz har kuni boshqa o'qituvchilarni kuzatish uchun, ulardan yangi metodlar oʻrganish uchun maktabga bordik. Zuhra opaning darslarida ko'plab metodlar o'rgandik. Bundan tashqari bolalar bilan qay tarzda muomala qilish kabi holatlarni ham, o'rganib chiqdik. Bu rasmda bizning maktabdagi ilk darsga kuzatuv uchun kirganimiz aks etilgan. Ustozimiz Himmatova Dilnavoz 10- V sinfga ona tili darsini o'tdi.

Uning darsi 10-Vsinflarga ona tili fanidan edi va darsga turli xil metoPedagogik amaliyotga bag’ishlangan konferensiyada ishtirok etish

O‘zbek filologiyasi fakultet rahbariyati va talabalar ishtirokida

pedagogik amaliyotga bag’ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari,

undan kutilayotgan natija va amaliyot davrida bajariladigan ishlar rejasi

to‘g’risida tushuntirishlar berildi.

Amaliyot olib borish muassasasi bilan tanishish

Amaliyotning birinchi kunida belgilangan Rishton umanidagi 9d va ko'rgazmali materiallar bilan tayyorlanib kelgan edi. O'quvchilarni birma bir doskaga chiqargan holda ularga savollar berdi.


Biz uning dars o'tish tarzini kuzatdik, xato va kamchiliklarini yozib bordik va dars oxirida unga bular haqida aytdik. Darsdan keyin u bu kamchiliklarini takrorlamaslikka harakat qildi.


2023-yil 21-sentabr kunida esa Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan "Biz tinchlik tarafdorimiz "deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda sheʼr raqslar oʻquvchilar tomonidan namoyon etildi .



Biz shu tarzda bir hafta davomida o'qituvchilarning darslarini kuzatish va ularning qo'llayotgan prinsplarini o'rganish bilan shugʻullandik. Har xil fanlardan, turli ustozlarning darslariga kirib yurdi. Bu biz uchun topshirilgan passiv amaliyot edi.


Bir haftadan so'ng biz o'zimiz sinflarga darsga kira boshladik. Bizga aktiv amaliyot kunlari boshlangan edi. Dastlab biroz qiyin bo'ldi, ammo keyinchalik biz yillar davomida olgan bilimlarimiz orqali bu ishni uddalay oldik. Shu tarzda men darslarga biriktirildik. Biz oʻzaro kelishib navbatma navbat har bitta sinfga dars o'tadigan bo'ldik.
Men 19.09.2023 sanada 10-sinflarga dastlab adabiyot fanidan dars o'tdim. Mavzusi Fanlararo aloqa : Adabiyot va Tarix edi O'quvchilarga adabiyot fanining nafaqat tarix , balki boshqa ko'plab fanlar bilan aloqadorligini misollar bilan keltirib, solishtirib o'xshash va farqli jihatlari haqida gaplashdik. O'quvchilar koʻplab qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Men ham darsga turli xil tarqatma materiallar va og'zaki savol javoblar tayyorlab kelgan edim. O'quvchilarning o'zlaridan ikki kishi chiqarib savollarni o'qitdim. O'quvchilar qiziqib bu savollarni tezlikda yechib tashlashdi.

Darsdan o'zim ham juda mamnun bo'ldim.


Shu tarzda bizning amaliyotlarimiz davom etdi. 21.09.2023 sanada kursdoshlarimizni darslarini tahlil qilish uchun kirdik. Ochiq darslarni kuzatdik. Men kursdoshim Meliqulov Shohruhxon darslarini kuzatdim.U juda ham ajoyib tarzda darsini o'tdi. Menga eng yoqqan sinf bu 6-”B”sinfi boʻldi. Haqiqiy ko'ngli pok, o'qiyman deydigan, quvnab turadigan bolalar shu yerda yig'ilgan edi. Ayniqsa sinfdagi Saidnabixon, Muxsina, Kamron, Jamshid va yana bir qancha o’quvchilarga mehrim tushib qoldi.


Bu yerda darsni yaxshi o’zlashtirmagan o’quvchilar bilan alohida ishlash jarayonidan lavhalar

Passiv amaliyotni tugatgach aktiv amaliyot davomida bir nechta ochiq darslar qildik. Dastlabki ochiq darsim 07.10.2023 sanada 10-sinflarga ona tili fanidan "Ota- onaga muhabbat " mavzusida edi. Ochiq darsda turli xil metodlardan ya’ni o’tilgan mavzuni mustahkamlashda tarqatma savollardan, yangi mavzuni tushuntirishda “ Mozaika” metodidan, mavzuni mustahkamlash uchun og’zaki savol javoblardan foydalandim. O’quvchilar savollarga tez va aniq javob berishga harakat qilishdi. Faol qatnashgan va to’g’ri javob bergan o’quvchilarni turli xil katta va kichik esdalik sovg’alari bilan bilan taqdirladim. Tahlil uchun kirgan maktab o’qituvchilari dars o’tish mahoratimga a’lo baho berdilar.

Bu esa o’quvchilar mavzuga doir mashq bajarayotgan jarayondan fotolavha…







Yüklə 24,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə