Budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi reja


Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish



Yüklə 54,09 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü54,09 Kb.
#162136
1   2   3   4   5
Budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi-fayllar.org

Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Tovar moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi hisobi.
Tovar moddiy zahiralarni beg‘araz berish, saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish jarayonida ular kirimga olingan manbaalari (budjet, budjetdan tashqari) bo‘yicha xarajatga chiqariladi. Inventarizatsiya natijasida material javobgar shaxsning aybi bilan kamomad yoki yo‘qotishga yo‘l qo‘yilgan xollarda zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi va undiriladi. Materiallarni ombordan berish tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlagan hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Materiallarni berish uchun quyidagi asosiy hujjatlar qo‘llaniladi:
434-son shakldagi yuk xati (talabnoma) materiallarni ombordan berishda va materiallarni tashkilot ichida joydan-joyga ko‘chirishda qo‘llaniladi. Talabnoma ikki nusxada yoziladi;
299-shakldagi oziq-ovqat mahsulotlarini berish uchun menyu talabnoma ombordan oziq-ovqat mahsulotlarini berish uchun qo‘llaniladi. Menyu talabnoma oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash me’yori va ta’minlanuvchilarning soni haqidagi ma’lumotlar asosida har kuni tuziladi. Menyu talabnoma oziq-ovqat mahsulotlarini berish va olish haqidagi mansabdor shaxsning tilxati bilan birga belgilangan muddatda (lekin oyiga uch martadan kam emas) tashkilot buxgalteriyaga topshiriladi. 397-son shakldagi berilgan ozuqa va yem-hashak qaydnomasi. Ozuqa va yem-hashaklar ombordan belgilangan me’yor doirasida beriladi;
410-son shakldagi tashkilot ehtiyoji uchun berilgan materiallar qaydnomasi oy davomida xo‘jalik materiallari, o‘quv va boshqa maqsadlar uchun materiallar berishda qo‘llaniladi. Bunda, qaydnomadagi yozuvlar xronologik tartibda emas, balki har bir material pulini yozish uchun ma’lum qatorlar qoldirilgan holda to‘ldiriladi, bu esa, oy oxirida har bir material turi bo‘yicha umumiy yakun chiqarish imkonini beradi.
431-son shakldagi zabor kartasi materiallar va yonilg‘ilarni kundalik berishda, shuningdek, oy davomida ma’lum muddatlarda berishda qo‘llaniladi. Zabor kartasi bir necha turdagi materiallarni maqsadga muvofiq sarflash uchun xar bir qabul qilib oluvchi nomiga yoziladi. Bu karta ikki nusxada yoziladi, bittasi qabul qilib oluvchining tilxati bilan birga omborxonada saqlanadi, ikkinchisi qabul qilib oluvchida saqlanadi.

Materiallar har kuni beriladigan bo‘lsa, zabor kartasi 15 kunlik muddatga, vaqti-vaqti bilan beriladigan bo‘lsa, bir oylik muddatga yoziladi. Materiallar va yonilg‘i qabul qilib oluvchi o‘z zabor kartasini ko‘rsatgach, belgilangan limit doirasida beriladi. Limitda belgilanganidan ortiqcha materiallar 434-son shakldagi yuk xati (talabnoma) bo‘yicha beriladi. Yonilg‘ilarni omborxonadan talabnoma yoki zabor kartasi bo‘yicha berish mumkin bo‘lmagan hollarda sarflangan yonilg‘ilar qoldig‘ini o‘lchash dalolatnomalari bo‘yicha hisobdan o‘chiriladi.


O‘lchash dalolatnomalari bilan yonilg‘ining belgilangan sarflash me’yorlari taqqoslanganda kamomad chiqsa, tashkilot rahbari ortiqcha sarflash sababini aniqlash tadbirlarini, tegishli hollarda esa, aybdor shaxslardan undirish choralarini ko‘radi;
Yo‘l varaqasi sarflangan barcha turdagi yoqilg‘ini hisobdan o‘chirish uchun ishlatiladi. Yoqilg‘i qancha sarf bo‘lgan bo‘lsa, shuncha hisobdan o‘chiriladi, bunda, saraflangan yoqilg‘i miqdori avtomobillarning markalari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan me’yorlardan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Budjet tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish imkoniyati berilgan. Faoliyat turiga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadi hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda ishlar bajarishga qilinadigan xarajatlar va ularning tannarxini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulot(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari;
v) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar eskirishi summasi;
g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.
Tovar(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlari tannarxni aniqlash usullari bo‘yicha umumlashtiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi.
Tannarxni aniqlashning oddiy usuli qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishga asoslangan. Me’yornomalar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan ko‘rib chiqiladi.

Tannarxni aniqlashning buyurtma usuli ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot (ish,xizmat) (bir xildagi mahsulotlar guruhi)ga doir alohida buyurtmalar bo‘yicha identifikatsiyalanadigan va hisobga olinadigan yakka tartibdagi va mayda turkumli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanadi. Buyurtmaning ob’ekti bo‘lib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruksiyalarga ega bo‘lgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin.

Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma bo‘yicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiyalash mumkin emas.
Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning sotish qiymatini bo‘linish nuqtasida aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘linish nuqtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
a) natura ko‘rsatkichlaridan foydalanish usuli. Ushbu usulda bo‘linish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning har bir turiga uning natura ko‘rsatkichlarida ifodalangan ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
b) bo‘linish nuqtasidagi sotish qiymati asosidagi usul. Ushbu usulda bo‘linish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning har bir turiga uni sotishdan taxmin qilingan tushum umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning alohida turlari keyingi qayta ishlov berishga o‘tkazilgan hamda bo‘linish nuqtasida ularni sotishning joriy qiymati (sotish qiymati)ni aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘linish nuqtasida birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari o‘rtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:


a) sotishning sof qiymati usuli. Ushbu usulda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari bo‘yicha xarajatlar ularni sotishning sof qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
yalpi foydaning sotishdagi doimiy ulushi usuli. Ushbu usuldan foydalanilganda xarajatlar shu tariqa taqsimlanishi lozimki, bunda har bir alohida mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun umumiy yalpi foydaning foiz ulushi bir xil bo‘lishi hamda umumiy yalpi foyda ko‘rsatkichiga teng bo‘lishi kerak. Yalpi foydaning foiz ulushi birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlarining umumiy tannarxini ushbu mahsulot turlarini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan chiqarib tashlab, so‘ngra foyda miqdorini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan foiz ko‘rinishida aks ettirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.


XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda.Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularnimoliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi.Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’siro’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:

-aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;


-ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
-a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
-aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish;
( nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular
jumlasidan)
-moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va
depozitlarini qabul qilish;
-a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish
- musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini
o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.



Yüklə 54,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə