Budjet tizim Reja 1 budjet tizmi



Yüklə 67,15 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü67,15 Kb.
#163071
Budjet tizim


Budjet tizim
Reja
1 budjet tizmi
2 davlat budjet daromadlari
3 davlat budjeti xarajatlar



1) Budjet tizimi — mamlakat hududida amal qiluvchi barcha byudjetlar majmui. Budjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi. Moliya yiliga moʻljallangan barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish OʻzRning milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 4-m.si). Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
byudjet tasnifi tizimi, hisob — byudjet xujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
byudjet tuzilishining OʻzR maʼmuriy — hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajadagi byudjetlarning oʻzaro bogʻliqligi;
Davlat byudjeti balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va xarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish;
Davlat byudjeti xarajatlarini byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida va xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
Byudjet tizimi — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti ham davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonun (2000-yil, 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.

Byudjet (рус. Бюдже́т; eski normand tilidan bougette soʻzi maʼnosi – hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (masalan yil yoki kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yigʻindisi. U maʼlum bir vazifalar va funksiyalarni moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir.


Byudjet davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. Byudjetni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. Byudjetda harajatlarning daromadlardan ortib ketishi byudjet defitsiti muammosini keltirib chiqaradi (qarang Byudjet defitsiti), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi.
davlat byudjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.
Byudjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari koʻrinishiga ega boʻladi.
Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat byudjeti — bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.



2) Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 % ini, Buyuk Britaniyada 96,7 % ini, Fransiyada 91,5 % ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida „da-romadlar darajasini taʼminlash“ (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40 %, milliy mudofaa xarajatlari (28—30 %) eng muhim oʻrinda turadi.
Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Davlat byudjeti daromadlari yoki byudjet daromadlari - bu davlat tomonidan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun soliqlar va soliq bo'lmagan manbalardan olinadigan pul. Davlat byudjeti daromadlari, shuningdek, davlat xarajatlari davlat byudjetining tarkibiy qismlari va hukumatning moliyaviy siyosatining muhim elementidir. Soliqlarni yig'ish hukumatning eng asosiy vazifasidir, chunki daromad davlatning ishlashi, umumiy manfaatni ta'minlash (jamoat manfaatlarini bajarish uchun ijtimoiy shartnoma orqali) va uning qonunlarini bajarish uchun zarurdir; daromadning bu zarurati zamonaviy byurokratik davlat rivojlanishining asosiy omili edi. 
Davlat byudjeti daromadlari davlat qarzi va pul bosib chiqarishdan farq qiladi, bu ikkalasi ham davlatning pul taklifini byudjet daromadlarini ko'paytirmasdan oshiririshning vaqtinchalik chorasi sifatida xizmat qiladi.
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin. Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: -soliq shaklidagi daromadlar; -soliq bo’lmagan daromadlar; -tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:  davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);  davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);  fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat sub’yektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;  moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);  soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
3) Davlatimiz rahbari huzurida 2022-yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimiz mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangani, bu tamoyillar byudjetni shakllantirishda ham bosh mezon bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidlagan edi.
Parlamentga taqdim etilgan qonun loyihasi makroiqtisodiy siyosatning 2022-yil uchun asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari pandemiya davridan keyin iqtisodiyotning tiklanishi hamda butun dunyoda pandemiya davom etishi ehtimoli borligidan kelib chiqib shakllantirilgan.
Bunda asosiy e’tibor makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga, ya’ni yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 839,9 trillion so‘mni tashkil etishi hamda 6 foizga o‘sishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 7 foiz, qurilishda 8,1 foiz, chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 9,3 foizga ko‘payishi prognoz qilinmoqda.
2022-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 254,6 trillion so‘mni, xarajatlari 280,1 trillion so‘mni hamda konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilash taklif etilmoqda.
Davlat byudjetining xarajatlari esa 188,9 trillion so‘mni, davlat maqsadli jamg‘armalar xarajatlari 188,9 trillion so‘mni tashkil etadi. 2022-yilda ham Davlat byudjet xarajatlarining yarmi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasida byudjet sohasiga oid qator o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda. Xususan, iqtisodiy o‘sish jarayonida tarmoqlar ichidagi masalalarni tezkorlik bilan amalga oshirish va birinchi darajali byudjet mablag‘lari taqsimlovchilarning vakolatini kengaytirish maqsadida ularga o‘zlarining quyi tashkilotlariga o‘zlariga ajratilgan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini 10 foizgacha Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirish huquqi berilmoqda. 
Shuningdek, mahallabay ishlashning yangi tizimi uchun 2,5 trillion so‘m mablag‘ ko‘zda tutilayotgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar bevosita hokim yordamchilari tomonidan tasarruf etilishi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha 20 mingdan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlarini saqlash uchun 451 milliard so‘m, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda boshqa davlat va xususiy tibbiyot muasassalarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni bepul davolanish (tibbiy yo‘llanma) xarajatlari uchun 589 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Majlisda qayd etilganidek, umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash xarajatlari tegishli mahalliy byudjetlardan amalga oshirish belgilanmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyati va manfaatdorligini kuchaytirish va vakolatlarini kengaytirish maqsadida advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lash, ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlari mahalliy byudjetlarga o‘tkazilmoqda.
Shu bilan birga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ko‘p yillardan beri aholini qiynab kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi, tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish qonun bilan mustahkamlanmoqda.
Axborotda qayd etilganidek, xalq vakillari tomonidan o‘tgan davrlar davomida davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilish va ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish jarayonida bildirilgan taklif va tavsiyalar ham 2022-yilgi byudjetnomada o‘z aksini topmoqda.
Xususan, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga o‘tkaziladigan tushumlarga qo‘shimcha tarzda tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq hajmda o‘tkazilishi belgilanmoqda. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida byudjetdan tashqari jamg‘armalar ham kiritilmoqda.
Deputatlar taqdim etilgan axborotdan kelib chiqib, o‘z taklif-tavsiyalari hamda mulohazalarini bildirdilar. Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Yakunda mas’ul qo‘mitaga qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida loyihani mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida muhokama qilib, maromiga yetkazish topshirildi.
“Gazeta.uz” avvalroq 2023-yilning 1-yanvaridan 13-yanvariga qadar davlat budjeti xarajatlari daromadlardan 2,3 barobar oshib ketgani, buning natijasida taqchillik 5,5 trln so‘mga yetgani haqida xabar bergandi. Bu 2023-yilda rejalashtirilgan taqchillikning beshdan bir qismidan ko‘proq hisoblanadi (25,1 trln so‘m, gap davlat budjeti haqida ketmoqda, konsolidatsiyalashgan budjet haqida emas). Shuningdek, bu ko‘rsatkich 2021-yilning shu davriga nisbatan 17,4 barobar ko‘p (2020-yildagidan 20,4 baravar). Yanvar oyining o‘rtalaridan boshlab vazirlik kamida 2019-yildan beri e’lon qilib kelinayotgan budjet daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishni to‘xtatdi.
28-avgust kungi ma’lumotlarga ko‘ra, davlat budjeti xarajatlari 3 trln 250 mlrd so‘mni tashkil etdi va bu daromadlariga nisbatan 456 mlrd so‘mga yoki 7 barobar ko‘p hisoblanadi. 29-avgust kuni daromadlar 1,58 trln so‘m, xarajatlar 1,32 trln so‘mga yetdi. Xarajatlarning keskin o‘sishi pensiya va nafaqalarning Mustaqillik bayrami oldidan to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘ fuqarolarning kartalariga 29−31-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
- nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
- iqtisodiyot xarajatlari;
- markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
- sudlarni saqlab turish xarajatlari;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
- boshqa xarajatlar.
Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga davlat budjetidan 7,961 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun 1,426 trillion so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 milliard so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan, oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 milliard so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 milliard so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan. Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat budjet tizimi budjetlari mablaglarining manbalari va darajalari tasnifi vazifa jihatidan tasnif dasturiy tasnif iqtisodiy tasnif hududiy tasnif

Yüklə 67,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə