Bugun kitob o’qigan odam kechagi odam emas!!! 4839716



Yüklə 7,34 Mb.
səhifə3/17
tarix17.06.2023
ölçüsü7,34 Mb.
#117656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
shablon

ONA TILI
1. Qaysi gapda imloviy jihatdan xatolik mavjud emas?
A) Podsho vaziru a’yonlar davrasida otdan tushib, tog‘ bag‘riga qarab yura boshlabdi.
B) Maqtanayapti demang, cho‘l havosi yaxshi!
C) Uning qattiq qo‘rqqanini ko‘rib, gapirolmay, shoshkancha ko‘chaga otildi.
D) Yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi.
2. Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so‘z birikmasi ham bo‘lib kela oladi?
A) dilidan o‘tkazmoq B) ko‘nglida kiri yo‘q
C) yostig‘ini quritmoq D) ishtahasi karnay
3. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan jamlovchi son qatnashgan?
A) Ularning ikkovi bilan ham alohida-alohida gaplashib qo‘yaman.
B) Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish safariga jo‘nating.
C) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi.
D) Shundan keyin uchalasi o‘rmonda do‘stona yashay boshladi.
4. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Ona tilim sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman.
B) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘ldi.
C) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi − shu.
D) A’lo o‘qish bizning asosiy vazifamiz.
5. Qaysi gapda ham vositali to‘ldiruvchi, ham vositasiz to‘ldiruvchilarni bevosita tobelantirib kelgan kesim qatnashgan?
A) Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, uni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
B) Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlaning.
C) Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan mayin shamol darpardani xomushgina silkitardi.
D) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi.
6. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usulida ma’no ko‘chgan?
A) Unga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois gapirishdan to‘xtamadi.
B) Siz ko‘zoynakli kishidan keyin kirasiz.
C) Sen o‘tkir zehnli bola ekansan-ku.
D) Qo‘zivoy chol anchadan beri samovarga chiqmay qo‘ygan.
7. Gap bo‘laklari joylashuvi hol, aniqlovchi, to’ldiruvchi, ega, hol, kesim tartibida joylashgan gapni aniqlang.
A) Shu choqqacha qaysi burchakda mog‘or bosib yotgan edingiz?
B) Tongda hamma yoqdan bulbullarning xush ovozi eshitildi.
C) Ertalab mehmonxonaning eshigini birov qattiq taqillatdi.
D) Tog‘ qushlarining sayrashi qo‘ylarning ma’ragan ovozlariga jo‘r bo‘lmoqda.
8. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan qaralmish uchraydi?
A) O‘rnida va vaqtida sidqidildan aytilgan oddiygina so‘z qudratli va yengilmas kuchga aylanadi.
B) So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q, o‘tkir dalil va yuksak fikrlar safini yorib o‘tish mumkin emas.
C) So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr yengilmas kuchdir.
D) So‘z − inson qudratining qo‘mondoni, u − hayotning buyuk quroli.
9. Keksa bog‘bonni hamma o‘quvchilar hurmat qilishadi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?
A) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi mavjud.
B) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari mavjud.
C) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan.
D) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan.
10. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapda fe’lning otga bog‘lanishi kuzatiladi.
B) Ushbu gapdagi barcha fe’llar tobe bog‘lanishlarda faqat hokim qism vazifasini bajargan.
C) Ushbu gapda o‘timli va o‘timsiz fe’llar qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishda fe’lning fe’lga bog‘lanishi kuzatiladi.
11. Tarkibida fe’lning vazifa shakllaridan faqat sof fe’llar qatnashgan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang.
A) Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari haqiqatga aylansin.
B) Kun botgan, lekin hali qorong‘i tushmagan.
C) Ruboiyni ichida o‘qidi, yuzini tabassum qopladi.
D) Avaz arang tong ottirdi, saharlab Eshjonni yetaklab yo‘lga tushdi.
12. Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z qatnashgan?
A) Kesim − hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lak.
B) Ellik yil ezildik, taxqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, huquqimizga tajovuzlar bo‘ldi.
C) Bo‘stondagi atirgul va rayhonlar eng yoqimli gullardir.
D) Dehqon jo‘xorini quritibdi, to‘qmoqlab, donini ajratib olibdi.
13. Salimjon − nihoyatda ziyrak, keng mushohadali, qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq bola, shu fazilatlari bilan u maktabda ham hurmatga sazovor. Ushbu qo‘shma gapdagi yordamchi so‘zlar sonini aniqlang.
A) 4 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta
14. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud emas?
A) Mix bolg‘adan qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi.
B) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda.
C) Oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘na boshladi.
D) U boshlagan ishni chala tashlab qo‘ya olmas edi.
15. Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan?
A) Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga o‘xshatadi.
B) Qo‘lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi pok tuyg‘ulardan oziqlanadi.
D) Qizni bu qo‘rqinchli shubhalar qiynardi.
16. Qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas? A) g‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda asos va qo‘shimcha talaffuzida tovush o‘zgarishi kuzatilsa-da, imloda tovush o‘zgarishi bilan yozilmaydi.
B) -a fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilishi ta’sirida so‘z asosi imlosida bir unlining tushib qolishini kuzatish mumkin.
C) -yap zamon shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda -ayap holida talaffuz qilinadi va -ayap holida yoziladi.
D) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda talaffuz va imloda bir undosh orttirilishini kuzatish mumkin.
17. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un. U yoshli ko‘zlari bilan menga termilardi.
B) Uning o‘tli nigohlari qarshisida hech narsa deya olmas edi. Bolaligimni eslasam, o‘tloqda dumalab o‘ynaganlarimiz yodimga tushadi.
C) Tuzdonni stol ustiga keltirib qo‘ydi. Tuzsiz xamir tandirda turmas.
D) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.
18. Bahor. . . Bu kun olam uyg‘onmoqda. Ana, yam-yashil maysalar xuddi jajji qizaloqlar kabi qiqirlab bosh ko‘tarmoqda. Quyosh olam uzra iliq nurlarini taratmoqda. Ushbu parcha qaysi uslubga xos?
A) rasmiy uslub B) badiiy uslub
C) so‘zlashuv uslubi D) ilmiy uslub
19. Musa Jalilning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yozilgan, davlat mukofoti bilan taqdirlangan asarini toping.
A) "O‘rtoqqa" B) "Xat tashuvchi"
C) "Oltin soch" D) "Ordenli millionerlar"
20. Qaysi javobda Shuhratning dostonlari berilgan?
A) "Farzand", "So‘lmas chechaklar"
B) "Nido", "Orzu chashmasi",
C) "Jamila", "Raymonda"
D) "Shinelli yillar", "Mashrab"
21. Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik, G‘alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik. Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor? Fasohatda, sabohatda, hama to‘g‘rida san nozik. Ushbu takrorlanmas misralar muallifini aniqlang.
A) Muqimiy B) Bobur C) Ogahiy D) Furqat
22. Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"sidagi to‘rtinchi doston nomi berilgan?
A) "Haft avrang" B) "Haft paykar"
C) "Yusuf va Zulayho" D) "Hasht behisht"
23. Qaysi qatorda Pirimqul Qodirovning qissalari berilgan?
A) "Erk", "Dunyoning ishlari"
B) "Yayra institutga kirmoqchi", "Diyonat"
C) "Najot", "Meros"
D) "Qora ko‘zlar", "Avlodlar dovoni"
24. G‘.G‘ulomning “Vaqt” she’ri haqida berilgan ma’lumotni aniqlang.
A) She’rda ko‘lankaning o‘rik bilan u bodroqbodroq gullagan paytda do‘st tutingani, biroq bulutli kunda yo‘qolib qolganligi ifoda etiladi.
B) She’rda millat dardiga najot sifatida xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari − yigitlar tilga olingan.
C) She’rda shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib yuborgan Gerostratning qilmishi tilga olinadi.
D) She’rda “o‘zbek otasi”ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi aks ettirilgan, otaning sog‘inchi ta’sirli ifoda etilgan.
25. U mustaqil O‘zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan "boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur" misrasi o‘rin olgan "Ajab ermas" muxammasining muallifidir. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Muqimiy B) Zavqiy
C) Zokirjon Furqat D) Avaz O‘tar
26. …Mast uyquda yotib edi bu shunqor, Ko‘ziga ko‘rindi rasul payg‘ambar. Bu so‘zlarni rasul payg‘ambar aytdi: "Adashgan ummatim, shafqatdoringman, Tanib qolgin: rasul payg‘ambaringman, Ummatlarni mudom yo‘lga solurman". Ushbu parchada xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramonning tushi tasvirlangan?
A) Alpomishning B) Kuntug‘mishning
C) Ravshanning D) Hasanxonning
27. Qaysi javobdagi baytda tazod she’riy san’ati qo‘llanmagan?
A) Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat, Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat.
B) Bevafolar zulm-u bedodig‘a ermassen harif, Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.
C) Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit, Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
D) Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.



Yüklə 7,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə