Bugun kitob o’qigan odam kechagi odam emas!!! 4839716


Matnni o'qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshriqlarni bajaring



Yüklə 7,34 Mb.
səhifə4/17
tarix17.06.2023
ölçüsü7,34 Mb.
#117656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
shablon

Matnni o'qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshriqlarni bajaring.
Chumchuq o‘z meros uyini tashlab, laylak uyasining bir chekkasiga kirib oldi. Uning bu ishidan hayron bo’lganlar: — Sening laylak bilan nima munosabating borki, kichik tanang bilan bunday katta qushga hamsoyalik qilasan va bir uyda turishga intilasan? — deb so'radilar. — Men ham buni tushunaman, - dedi chumchuq, — ammo bilganimga rioya qilolmayman. Chunki men ilon bilan yonma-yon yashayman, ya’ni ilonga qo'shniman. Har yili bola ochaman, jigar qonim bilan ularni parvarish qila boshlayman. Ammo ilon birdan hujum qilib, bolalarimni yeb ketadi. Men onaman, bolalarimning bunday yosh holida nobud bo’lishiga chidab turolmayman, bu juda ayanchli azob, bunga chidashim qiyindir. Bu yil uning g'azabidan uzoqqa qochdim, ya’ni bu ulug‘ qush huzurida panoh topdim, Umidim shuki, u dodimga yetar. Har yili bolalarim ilonga yemish bo’lar edi. Men laylakdan yordam istab keldim, zora mening bolalariming kuni ilonning ham boshiga tushsa edi,
28. Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so'zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni toping.
A) istiqomat qilmoq B) zulm qilmoq
C) boshpana topmoq, himoyalanmoq
D) qo‘shnichilik qilmoq
29. Ajratib ko'rsatilgan gap qaysi javobda matn mazmuniga mos ravishda to'g'ri davom ettirilgan?
A) ya’ni endi ilonning o'zi laylakka yemish bo‘lsa edi
B) ya’ni laylak ham ilonga yemish bo’lsa edi
C) ya’ni ilon yemishsiz qolsa edi
D) ya’ni ilon insofga kelib, laylak bilan do‘stlashsa edi
30. Berilgan qaysi xulosa ushbu matn mazmuniga mos kelmaydi?
A) Ikki ojiz kishi bitta kuchliga qarshi birlashib, uni mag'lub etishi mumkin.
B) Ojiz kishilar har doim ham himoyasiz qolib ketmaydilar, ularga yordam beruvchilar topiladi.
C) O‘zidan ojizlarga zulm qilgan kishilarga ham bas keluvchilar, kuchi yetadiganlar topiladi.
D) Sendan ojiz kishilar har doim ham sening zulmingga chidab yashayvermaydilar.


Tuzuvchi: Qosimov Dilshod
Tel: +998(99) 104-69-00


Yüklə 7,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə