«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni


Choraklik va yillik moliyaviy hisobot



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə38/41
tarix13.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#86984
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na

4. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot

Moliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki ma’lum bir hisobot sanasi bo’yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi va hisobvaraqlardagi qoldiqlar bo’yicha ma’lumotlar ma’lum bir sanaga tuziladi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma’lum bir davr uchun tuziladi.

Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrigacha bo’lgan davr kalendar yil hisoblanadi.

Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko’rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo’yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin.

Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Sub’ektning buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31 dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi.

Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, to’liq nusxalarda quyidagi foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraligacha bo’lgan muddatda taqdim etilishi shart:



  • korxonaning mulkdori hisoblangan (davlat mulkini boshqarishga vakolati bo’lgan organlarga, qatnashchilarga, ta’sischilarga) ta’sis etish to’g’risidagi hujjatlar asosida;

  • davlat soliq idoralariga;

  • davlat statistika idoralariga;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.

Moliyaviy hisobotni boshqa foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi mustaqil ravishda korxona rahbariyati (uning mulkdorlari va ta’sischilari) tomonidan tartibga solinadi va korxonaning hisob siyosatida ko’zda tutiladi.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor sub’ektlar: banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko’chirish xarajatlarini qoplab, uning nusxasini olish huquqiga egadirlar.

Ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va bosha moliya muassasalari har yili moliyaviy hisobotni undagi ma’lumotlarning to’g’riligi auditor tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot tugagandan keyin 1 maydan kechiktirmay e’lon qiladilar.

Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari gazetalar, jurnallar va byulletenlarda yoki qonunchilikda ko’zda tutilgan muddatlarda alohida nashrda e’lon qilinishi kerak.

Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan taqdim etiladi. YArim yillikning moliyaviy hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.

Bir shaharda joylashgan korxonalar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim qilish muddati uni aynan taqdim qilingan kun hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa jo’natilgan va aloqa bo’limi muhri bilan belgilangan kun hisoblanadi.



Moliyaviy hisobotni taqdim etish kuni ish bo’lmagan kunga to’g’ri kelgan paytda, taqdim etish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga ko’chiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba’zi-bir xo’jalik sub’ektlari uchun bu xo’jalik sub’ektlari faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini, ulardagi hisob ishining murakkabligini (shu bilan birga avtomatlashtirilganlik darajasini) o’rganib chiqqandan keyin choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi (1- son BHMA, 64-band).

Bunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi agar xo’jalik sub’ektida hisob ishi avtomatlashtirilmag’tgan bo’lsa va shu sababli moliyaviy hisobot yuqorida ko’rsatilgan muddatlarda taqdim etilmag’tgan bo’lsa, u holda hisobotni taqdim etish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasiing «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobotning tayyorlanishi, ishonchliligi va o’z vaqtida topshirilishi uchun javobgarlik buxgalteriya hisobini tashkil qiluvchi xo’jalik sub’ekti rahbarining zimmasiga yuklatiladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə