«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni


Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə39/41
tarix13.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#86984
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi na

5. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot

Moliyaviy hisobot konsolidatsiyasi (konsolidatsiya inglizcha consolidate so’zidan olingan bo’lib, birlashtirmoq, mustahkamlamoq degan ma’noni anglatadi) bu yuridik jihatdan mustaqil, ammo iqtisodiy va moliyaviy tomondan o’zaro bog’liq ikki yoki undan ortiq kompaniyalar hisobotlarini birlashtirishdir.

Хalqaro hisob andozalariga ko’ra konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot bosh korxona rahbarligidagi korxonalar guruhi uchun umulashtirilgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bilan shug’ullanadi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot moddalari korxonalar guruhidagi moliyaviy ahvol, operatsiyalar natijalari va moliyaviy ahvoldagi o’zgarishga oid axborotga bo’lgan ehtig’jni qondirish maqsadida rivojlantirilgan.

«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 17-moddasida bir yoki bir necha sho’’ba korxonalar, filiallar va vakolatxonalarga ega bo’lgan Bosh korxonaning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot tuzishi nazarda tutiladi. Mazkur modda talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotlariga joriy etilmaydi.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotda moliyaviy hisobot shakllarining barcha turlari to’lg’aziladi.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzish O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 dekabrda 580-son bilan ro’yxatga olingan «Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar va investitsiyalarni sho’’ba xo’jalik jamiyatlarida hisobga olish» deb nomlangan 8-son BHMA bilan tartibga solinadi. Ushbu BHMAga binoan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni bosh xo’jalik yurituvchi jamiyat nazoratida bo’lgan xo’jalik yurituvchi jamiyatlar tuzadi. Bosh jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt sho’’ba korxona deb yuritiladi. Demak, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot faqat bosh jamiyatda mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar nazorat qilinadigan sho’’ba korxonalar bo’lgandagina tuziladi.

Bunda yuridik jihatdan mustaqil har bir korxona, bosh yoki sho’’ba korxona, o’z operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritishlari va ularning natijalarini alohida moliyaviy hisobot ko’rinishida rasmiylashtiradi.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot yuridik jihatdan mustaqil tashkilotning hisoboti hisoblanmaydi, uning maqsadi soliq solinadigan foydani aniqlash emas, balki yagona xo’jalik mexanizmi sifatida korporativ boshqaruv to’g’risida umumiy tasavvur olishdir.

Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash paytida bosh jamiyat va uning barcha sho’’ba jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari bir xildagi moddalarni satrlar bo’yicha qo’shish yo’li bilan birlashtiriladi. Ammo, bunda korporativ guruh a’zolari o’rtasidagi bitimlar konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga kiritilmaydi, faqat uchinchi shaxslar bilan bo’lgan operatsiyalar hisobga olinadi.

Konsolidatsiya paytida quyidagilar chiqarilishi zarur:


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə