Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/211
tarix26.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#118941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

1. Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan material qiymatliklari,
material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va
foydalanishi bo‘yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.
2. Hisoblashish bo‘limi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini
hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib
boriladi.
3. Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha
turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi,
tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
4. Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘lim-
larda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar
yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har
xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo‘ladi.
Korxona buxgalteriyasi mustaqil bo‘lim hisoblanib, uning bir nechta
hisob ishlari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari bor. Ayrim katta
korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular
buxgalteriya apparati xodimlariga ko‘rsatmalar berish, yozma yo‘riq-
nomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlarni
taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
1.5. HISOB YURITISH SIYOSATI
Hisob yuritish siyosati deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt
rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va
asoslariga mos ravishda yuritish hamda tuzish uchun qo‘llaniladigan
usullar majmui tushuniladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari
tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son
BHMS asosida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil
qiyoslanishi uchun tuziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati, foydala-
nuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli, ishonchli, tushunarli va oddiy


14
bo‘lishi shart. Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarning
moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi kerak.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning
aniq yo‘nalishi bo‘yicha subyekttning hisob yuritish siyosati shakllan-
tirilishida O‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi-
dagi qonun hujjatlarini qo‘llash lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi
omillar ta’sir etadi:
• mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;
• faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;
• ishlab chiqarish ko‘lami hamda ishchi xodimlar soni;
• soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
• bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining
darajasi;
• moliya-xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
• boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
• korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimi mav-
judligi;
• buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining
tashabbuskorligi;
• moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javob-
garlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun
tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning
1-yanvaridan boshlab qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan
xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo‘jalik
yurituvchi subyekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan
hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini
olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili
davomida hisob yuritish siyosati o‘zgartirilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosati 1-son
BHMAning 16—50-bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va
taqdim etishning konseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga
asosan aniqlanishi kerak.


15

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə