Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


Auditorlik faoliyatining milliy standartlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə10/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

3.2. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona asosiy tamoillardir. Standartlar O’zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auditing - ISAs) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo’-jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo’llani-ladi.


Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.

Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:



  • ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi;

  • auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;

  • muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi..

2-jadval.


Hozirgacha auditorlik faoliyatiga doir masalalarni aks ettiruvchi quyidagi milliy standartlar qabul qilingan:





Standartning № va nomi

O’z. R. MV tasdiqla gan sana va №

O’z. R AV da ro’yxatga olingan sana va №

Kuchga
kirgan
sanasi




№3- AFMS «Auditni rejalashtirish»

14. 10. 1999 №54

10. 11. 1999 №837

01. 01. 2000




№4- AFMS «Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yiladigan talablar»

21. 09. 2006
№76

25. 09. 2006
№1624

05. 10. 2006




№5- AFMS «Auditor ishining sifatini nazorat qilish»

04. 08. 1999 №62

03. 09. 1999 №811

01. 01. 2000




№6- AFMS «Auditni hujjatlashtirish»

04. 08. 1999
№61

03. 09 1999
№812

01. 01. 2000




№9- AFMS «Jiddiylik va auditorlik riski»

04. 08. 1999
№63

03. 09. 1999
№813

01. 01. 2000




№10- AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»

09. 09. 1999
№75

23. 09. 1999
№822

01. 01. 2000




№11- AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»

09. 09. 1999
№76

23. 09. 1999
№823

01. 01. 2000




№12- AFMS «Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash»

29. 12. 2006
№108

12. 04. 2007
№1673

22. 04. 2007




№13- AFMS «Tahliliy amallar»

04. 08. 1999
№64

03. 09. 1999
№814

01. 01. 2000






№14- AFMS «Auditorlik tanlash»

27. 07. 1999
№59

03. 09. 1999
№815

01. 01. 2000




№16- AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»

27. 07. 1999
№60

03. 09. 1999
№816

01. 01. 2000




№24- AFMS «Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsatilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilotining ish tutishi»

31. 05. 2001
№49

30. 06. 2001
№1045

10. 07. 2001




№25-AFMS-«Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishda normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish»

27.01.2003 №14

28.02.2003 №1223

10.03.2003




№31- AFMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati (biznesi) bilan tanishish»

30. 05. 2001 №48

21. 06. 2001 № 1043

01. 07. 2001




№50- «Auditorlik dalillar»

03. 04. 2002
№ 48

18. 04. 2002
№ 1128

29. 04. 2002




№55 AFMS – «O’zaro bogliq shaxslar o’rtasidagi bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish bosqichlari»

27.01.2003. №15

3.03.2003. №1224

10.03.2003




№56 AFMS–«Moliyaviy hisobot tuzilganidan keyingi hodisalar»

9.04.2003. №54

23.04.2003. №12

23.04.2003.




№60 AFMS-«Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish»

27.01.2003. №16

20.02.2003. №1221

2.03.2003




№70- AFMS» Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik xulosasi»

14. 02. 2001
№20

10. 03. 2001y №1016

20. 03. 2001




№80 AFMS –«Maxsus masalani tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisoboti»

27.01.2003. №13

19.02.2003. №1220

1.03.2003




№90- AFMS «Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari»

14 fevral 2001 №19

10. 03. 2001 №1017

21. 03. 2001

*-№4- «Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish» nomli auditning milliy standarti bekor qilinib, uning o’rniga qabul qilingan.


Uchinchi pog’ona- standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to’plami, ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo’llash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik xizmati ko’rsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat ko’rsatish joyini, haq to’lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o’z ichiga oladi. Shartnoma shartlari va topshiriq mazmuni O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga zid bo’lmasligi lozim.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti shug’ullanishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi.
I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki profes-sional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvat-lashga yordam ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.
Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyida-gilar kiradi:

  • audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • o’quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy imtihonlarni o’tkazish;

  • auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari tashkil etish;

  • auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;

  • O’zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish uchun xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatimiz organlari bilan hamkorlik qilish;

  • O’zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari tomonidan tan olinishiga erishish.




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə