Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə122/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. QQSsiz YAST to‘lovchi o‘quv markazi chet tili kurslari uchun 10 ta audio-pleyer sotib oldi (har biri 250 ming so‘mdan). Chakana savdo korxonasi esa 300 ming so‘m turadigan pul hisoblash mashinasini xarid qildi va do‘konga o‘rnatdi. Aktivlarni hisobga qabul qilish sanasida EKIH 57 200 so‘mga teng edi.
Ikkala tashkilot asosiy vositalarning umumbelgilangan qiymat mezoni - EKIHning 50 baravarini (EKIH 57 200 so‘m bo‘lganda - 2 860 ming so‘m) qo‘lladi. Biroq ikkala holda buxgalteriya faqat xizmat qilish muddatini e’tiborga olib, xaridlarni 0190-"Boshqa asosiy vositalar" hisobvarag‘iga kirim qilgan.
Biroq, korxona buxgalteri keyinchalik asosiy vositalarni turkumlashda xatoga yo‘l qo‘yganligini tushunib yetib, asosiy vositalarning qiymatiga asoslangan holda pleyerlar ham, pul hisoblash mashinasi ham inventar hisoblanishi va u 1080-"Inventar va xo‘jalik jihozlari" hisobvarag‘iga kirim qilinishi lozim degan xulosaga kelgan.
O‘z navbatida korxona buxgalteri tomonidan xatoni tuzatish uchun quyidagi buxgalteriya provodkalari amalga oshirilgan.
Aktivlarni asosiy vositalardan TMZ tarkibiga o‘tkazilishi:
Debet 8510-"Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schoti;
Kredit 0190-"Boshqa asosiy vositalar" schoti.
Foydalanishga topshirilgan subyektlar balansdan tashqarida hisobga olish bilan bir vaqtda hisobdan chiqarilishi (014-“Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik anjomlari” schoti debeti):
Debet 9130-"Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schoti,
1080-"Inventar va xo‘jalik jihozlari" schoti;
Kredit 9410-"Sotish xarajatlari" schoti.
Hisoblab yozilgan amortizatsiyani tuzatilishi:
Debet 0190-"Boshqa asosiy vositalar" schoti;
Kredit 9410-"Sotish xarajatlari" schoti va hokazo.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoni aniqlab, to‘g‘ri buxgalteriya provodkalarini bering hamda auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo‘limi uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda auditor quyidagi holatni aniqladi:
Korxonada ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vosita sotib olingan bo‘lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 12 million so‘mni tashkil etadi. Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1200 ming so‘m pul to‘langan. Asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 2 koeffitsiyent asosida asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baholash) talab qilinadi.
Talab qilinadi:

  1. Ushbu muomalalarni amalga oshiring va buxgalteriya schotlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni ayting?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

Masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang‘ich qiymati 1350000 so‘mdan bo‘lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. Muzlatkichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 1180000 so‘mni, ikkinchisiniki esa 1200000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo‘qligi, deb ko‘rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 37500 so‘m ish haqi hisoblangan, 40000 so‘m metalalom hamda 95000 so‘mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 306500 so‘m deb baholab, uni 95900 schotga hisobdan chiqargan.


Talab qilinadi:

  1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, tekshirish davrida tasdiqlangan dalolatnomaga muvofiq eskirish natijasida 2 dona yuk ko‘taradigan uskunalar hisobdan chiqarilgan. Ular bo‘yicha amortizatsiya so‘mmasi 140000 so‘mni tashkil etadi. Hisobdan chiqarish natijasida 3000000 so‘mlik metallom kirimga olingan. Yuk ko‘targich uskunalarini demontaj qilish uchun ishchilarga 280000 so‘m ish haqi hisoblangan va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish schotiga» o‘tkazilgan. Kirimga olingan metallom buxgalteriya hisobida 1090 schotning debeti va 9320-schotning kreditiga yozuv qilingan. Har bir yuk ko‘targich uskunasining tugatish natijalari buxgalteriyada alohida hisobga olinmagan va tegishli analitik schotlarda aks ettirilmagan. Dalolatnomada ko‘rsatilishicha yuk ko‘tarish uskunalarini muddatidan ilgari hisobdan chiqarilishiga asosiy sabab undan uzluksiz ravishda foydalanilganligi va yuqori namlik joyda ishlatilishi ekanligi ko‘rsatilgan.


Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobi registrlarida yuqoridagi muomalalar quyidagicha aks ettirilgan:
Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti,
Kredit 0130-“Mashina va uskunalar” schoti -180000 so‘m.
Debet 0230-“Mashina va uskunalarning eskirishi” schoti;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, -140000 so‘m.
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, -403000 so‘m.
Debet 1040-“Ehtiyot qismlar” schoti;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, -300000 so‘m.
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti;
Kredit 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar” schoti -280000 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.

Masala. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruksiyasi uchun 3 yil muddatga xorijiy valutada kredit olingan. Loyiha bo‘yicha o‘tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va subyekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo‘yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to‘lovlarni amalga oshirgan. Lekin o‘tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valuta bo‘yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:


Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti, - 132000 so‘m.
Kredit 5210-“Mamlakat ichkarisidagi valuta” schot - 132000 so‘m.
(Shu jumladan 120000 so‘m - kredit uchun foiz 12000 so‘m - bank xizmati).
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3.Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘liq va to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.

Masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 800000 so‘m, amortizatsiyasi 300000 so‘mlik obyekt yetishmasligi aniqlandi.


Hisobot yilining dekabr oyida bu obyekt shartnomaga ko‘ra uning narxi 156000 so‘m inventarizatsiya o‘tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo‘jalik muomalalari hisobot yilining 31 - dekabrigacha bo‘lgan holati bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘ldi.
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.

Masala. Korxonada 2011 - yil sentabrida ishlab chiqarish uskunasini (tiklash qiymati - 14 000 ming so‘m) mukammal ta’mirlash davomida uning asosiy bloklari almashtirildi. Natijada uskunaning unumdorligi ikki baravar oshdi, xizmat qilish muddati esa 2 yilga ko‘paydi. Mukammal ta’mirlash bo‘yicha barcha xarajatlarni (3 500 ming so‘m) buxgalter ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqardi (2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" hisobvarag‘i debetiga).


Bo‘lg‘usi iqtisodiy nafni aniqlash maqsadida korxona buxgalteri tomonidan, qilingan kapital qo‘yilmalar emas, balki joriy xarajatlar sifatida quyidagi tartibda hisobga olingan.
Modernizatsiyalash xarajatlarini kapital qo‘yilmalarga o‘tkazish:
Debet 0130-"Mashina va asbob-uskunalar" schoti;
Kredit 9430-“Davr xarajatlari” schoti.
Uskuna qiymatining 3 500 ming so‘mga ko‘payishi:
Debet 0130-"Mashina va asbob-uskunalar" schoti;
Kredit 2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" schoti.
Bundan tashqari, buxgalter tomonidan uskuna amortizatsiyasini qayta hisob-kitob qilish (u Oktabrdan boshlab ko‘paytirilgan qiymat - 15 500 ming so‘m, deb baholangan) va korxona umumbelgilangan soliqlar to‘lovchisi hisoblansada, foyda, mol-mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari hisob-kitobi chog‘ida xarajatlar (mahsulot tannarxi) kamayishini hisobga olish va amortizatsiyani qo‘shimcha hisoblab yozilmagan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona o‘zining xodimiga kompyuterni 500 ming so‘mga sotdi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1 020 ming so‘mga, unga hisoblangan amortizatsiya 612 ming so‘mga teng. Yuqorida keltirilgan muomala korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirilgan:

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə