Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


-MAVZU. EKSPERT VA BOSHQA AUDITORLIK TASHKILOTI MA`LUMOTLARIDAN FOYDALANISH



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə119/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

10-MAVZU. EKSPERT VA BOSHQA AUDITORLIK TASHKILOTI MA`LUMOTLARIDAN FOYDALANISH

Takrorlash uchun savollar



  1. Ekspert deganda kimlar nazarda tutiladi?

  2. Auditda ekspert ishlaridan nima maqsadda foydalaniladi?

  3. Auditorlik tekshiruvi vaqtida jalb qilinishi mumkin bo’lgan qanday mutaxassislar ekspert deb qabul qilinishi mumkin?

  4. Ekspertlar oldiga qanday cheklovlar qo’yilgan?

  5. Auditorlik tekshiruvida ekspert ishi natijalaridan qanday foydalaniladi?

  6. Ekspert tushunchasi nima?

  7. Ekspert xulosasi nimani anglatadi?

  8. Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan qay tartibda foydalanish mumkin?

  9. Asosiy auditor qanday ma’noni anglatadi?

  10. Boshqa auditor qanday ma’noni anglatadi?

  11. Asosiy va boshqa auditorlarning qanday javobgarliklari bor?

MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv vaqtida ushbu korxonada chet eldan asbob-uskunalar olinganligi ma’lum bo‘ldi. Auditor chet el asbob - uskunalarini qabul qilish, ularning bahosini to‘g‘ri aniqlash bo‘yicha ma’lum qiyinchiliklarga uchradi. Shu sababli, bojxona xodimini hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, boj va soliqlarning to‘g‘ri to‘langanligini aniqlab berish uchun ekspert sifatida taklif qildi.


Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatda qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
3. Bojxona xodimi ekpert vazifasini bajarishi mumkinmi?

11-MAVZU. AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI


Takrorlash uchun savollar


1. Audit natijalariga qanday baho beriladi?
2. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilish deganda nimalar nazarda tutilgan?
3. Auditorlik xulosasi qanday tuziladi, uning tarkibi nimalardan iborat bo’ladi va ularda asosan qanaqa ma’lumotlar aks etadi?
4. Auditorlik xulosa kimga taqdim etiladi?
5. Auditorlik xulosasining kirish qismida nima aks etadi?
6. Auditorlik xulosasining analitik qismida nima aks etadi?
7. Auditorlik xulosasining xulosa qismida nima aks etadi?
8. Audit standartlari bo’yicha xulosasining nechta va qanday turlari, shakllari mavjud va ular nimalarga asoslanib rasmiylashtiriladi?
9. Ijobiy xulosa, salbiy xulosa, xulosa berishdan bosh tortish qanday holatlarda tuziladi?
10. Tekshirish natijalarini baholashda muhimlik tamoyiliga asoslaniladimi, bunga sabab nima?
11. Aniqlangan xatolar muhimliligi baho bering.
12. Aniqlangan xatoliklarni to’g’rilash yuzasidan maslahatlar bering hamda keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatoliklar haqida ma’lumotlar bering.
14. Auditorlik xulosasining sanasi va auditorlik xulosasidagi imzolar to’g’risida nimalar bilasiz?
15.Auditorlik xulosasida adresat qanday ko’rsatiladi?
16. OAJda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasida xodimlar qonun buzilishiga yo’l qo’yganligi hamda jamiyat mol-mulkini o’zlashtirish yo’li bilan unga juda ko’p miqdorda zarar etkazilganligi holatlari aniqlandi. Etkazilgan zarar aybdor xodimlar hisobidan to’liq undirib olindi va bu to’g’rida auditorlik hisobotiga tegishli yozuvlar kiritildi. Yuqoridagi holatdan jamiyat ijroiya organi hamda kuzatuv kengashi xabardor qilindi. Jamiyat ijroiya organi tomonidan aybdorlarga nisbatan tegishli jazo choralari (mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa vazifaga o’tkazish, hayfsan e’lon qilish va boshqalar) qo’llanildi. Ushbu holda xususiy mulkchilikdagi jamiyat tekshiruv materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berishi shartmi yoki yo’qmi?

MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Quyidagi ma’lumotlarning yakunini quyida keltirilgan 1-jadval ko‘rinishida rasmiylashtiring.


1. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilishda sifat nazoratini o‘tkazish kerak bo‘ladi. Chunki, xulosani subyektiv berish uchun yetarli auditorlik dalil hujjatlarini yig‘ish lozim bo‘ladi.

  • Ishchi hujjatlarni tahlil qilishda auditor ishonch hosil qilish kerakki, audit dasturi talablariga amal qilinishini; (bajarilgan ishlar xarakteri va hajmi qayd etilishi);

  • Ishchi hujjatlar aniq shaklda, sodda va izohsiz taqdim qilinishi;

  • Ishchi hujjatlardagi ma’lumotlar hisob va hisobotning mazmunini tashkil qilishi va auditorlik xulosaning analitik qismiga xulosa berishga muvofiqligi;

2. Auditorlik xulosasini tuzing.
3. Auditorlik xulosasining kirish qismini tuzish uchun ilovadagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
4. Auditorlik xulosasining analitik qismi ishchi hujjatlardagi ma’lumotlarga muvofiq ilovadagi holatlarda tanlab olingan variantlarga asosan tuziladi.
5. Auditorlik xulosasining turi mashg‘ulotlardagi tanlab olingan variantlarning ma’lumotlarini umumlashtirish asosida aniqlanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə