90
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oladigan
schotlarda uskunalar sotib olish (tayyorlash)
qiymati va
qiymatlarni tayyorlash va korxonaga olib kelish xarajatlari
yig‘indisidan hosil bo‘ladigan haqiqiy sotib olish tannarxi
hisobga olinadi.
„
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
“ schoti.
Bu schotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, amalga
oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari
bevosita naqd pul
berish, to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlar faoliyatida shunday xo‘jalik
operatsiyalari amalga oshiriladiki, ular bevosita hisobdor
shaxslar tomonidan bajariladi. Bunday xo‘jalik operat-
siyalarini amalga oshirish
uchun tashkilot tomonidan
hisobdor shaxslarga naqd pul beriladi va berilgan pul
hisobiga tegishli xo‘jalik operatsiyalari amalga oshiriladi.
Т
ashkilot kassasidan hisobdor shaxsga
berilgan pul uchun
maxsus hisobot buxgalteriyaga topshiriladi. Hisobdor
shaxslar bilan olib borilgan xo‘jalik
operatsiyalarini
quyidagi misollarimizda ko‘rib chiqamiz.
Birinchi
operatsiya.
Korxona ekspeditori X.
Isoqovga tegishli
materiallarni sotib olish uchun kassadan 6000 so‘m pul
berildi. Bunda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet „Xodimga berilgan bo‘naklar“ schoti—6000
so‘m.
Kredit „Kassa“ schoti—6000 so‘m.
Dostları ilə paylaş: