91
Debet „Kassa“ schoti — 200 so‘m.
Kredit „Xodimga berilgan bo‘naklar“ schoti — 200 so‘m.
Korxona kassasidan hisobdor shaxslarga berilgan pul
bo‘yicha har bir hisobdor shaxs buxgalteriyaga hisobot
beradi. Hisobotda kassadan olingan pul mablag‘ining sarf
qilinishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganligi ko‘r-
satiladi.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonini bir me’yorda
tashkil qilish bevosita ta’minot jarayonida yaratiladi.
Т
a’minot jarayonida materiallar harakatini to‘g‘ri tashkil
qilish alohida ahamiyatlidir.
Buxgalteriya hisobida materiallar harakati aktiv „Ma-
teriallar“ schotida olib boriladi. „Materiallar“ schotining
debetida omborga tegishli hujjatlar asosida kirimga bori-
ladi. „Materiallar“ schotining debetida omborga tegishli
hujjatlar asosida kirimga
qabul qilingan materiallar,
xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va hokazolar ko‘rsa-
tiladi, kreditida esa ombordan tegishli hujjatlarga asosan
chiqim qilingan materiallar ko‘rsatiladi.
Omborga kirim va
chiqim qilingan xomashyo
va materiallarning harakati
moddiy javobgar shaxs — ombor
mudirining hisobotida
o‘z ifodasini topadi. Hisobot tuzish uchun asos bo‘lib,
ombordagi materiallarning kirim va chiqimini tasdiqlovchi
hujjatlar hisoblanadi.
Materiallar schoti yordamida ishlab chiqarish rejasini
bajarish imkoniyatlari o‘rganiladi. Bu schotda xomashyo
va materiallarning harakati kelishilgan shartnoma, ya’ni
sotib olish baholarida hisob-kitob qilinadi.
Mol yetkazib beruvchilardan
olingan materiallar
summasiga debet „Materiallar“ schoti, kredit „Mol yet-
kazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar“ schoti
deb yozuv beriladi.
Omborga qabul qilingan
material-xomashyolarning
to‘liqligini ta’minlashda
moddiy javobgar shaxslarning
hisobotlari birlamchi asos sifatida qabul qilinsa, ikkinchidan,
92
buxgalteriya hisobining tegishli schotlarida mablag‘larning
to‘liqligi nazorat qilinadi.
Moddiy javobgar shaxslarning
hisobotlari asosida
buxgalteriya hisobida tegishli yozuvlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: