212
manbalari jadval ko‘rinishida ifoda etiladi. Jadvallardagi
ma’lumotlar esa korxona xo‘jalik faoliyati, hisobot davrida
ro‘y bergan o‘zgarishlar, ularning sababi to‘g‘risida to‘la
ma’lumot bermaydi. Bu ma’lumotlarni
yuqorida aytib
o‘tilgan yillik hisobotga yozilgan tushuntirish xatidan olish
mumkin. Unda hisobot davrida tashkilot bo‘yicha asosiy
ko‘rsatkichlarning
bajarilishi, unga ta’sir qiluvchi omillar,
shartnoma shartlarining bajarilishi,
asosiy vositalardan
samarali foydalanish,
xarajatlar holati, rejaga nisbatan
haqiqiy bajarilishi ko‘rsatiladi.
Т
ushuntirish xatining kirishida qabul qilingan qonun-
larning bajarilishi, hukumat tomonidan chiqarilgan
qarorlarning bajarilishi uchun ko‘rilgan
chora-tadbirlar
yoziladi. Unda hisobot davrida o‘tkazilgan inventarizatsiya
natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning qisqacha
mazmuni ko‘rsatilishi kerak. Ayrim sabablarga ko‘ra
belgilangan inventarizatsiya rejalari bajarilmagan bo‘lsa,
uning sabablari ko‘rsatilishi kerak. Agar hisobot davrida
ishlatilmay kelinayotgan asosiy vositalar mavjud bo‘lsa,
uning sababi yozilishi shart.
Bunda asosiy vositalardan
samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish zarur.