Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/285
tarix16.02.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#100922
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   285
Mavzu bo’yicha savollar 
1. Xo’jalik hisobi haqida tushuncha bering. 
2. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda xo’jalik hisobini ahamiyati nimada? 
3. Xo’jalik hisobini paydo bo’lish tarixi haqida gapirib bering. 
4. Buxgalteriya hisobini rivojlanishi qanday bosqichlardan iborat? 
5. Ikki yoqlama yozuvning asoschisi kim? 

 2-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL ETISH 
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar:
huquqiy asos, buxgalteriya hisobi 
to’g’risidagi qonun, buxgalteriya hisobining milliy andazalari, buxgalteriya 
hisobining xalqaro andazalari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakillari, 
kitob shakli, jurnal shakli, memorial order shakli, jurnal-order shakli, 
kartochka shakli, buxgalteriya hisobining kartochkasiz shakli, buxgalteriya 
hisobining qog’ozsiz shakli. 
 
1. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL QILISHNING 
HUQUQIY ASOSLARI
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun 
ishlab chiqildi va qonun talablari doirasida buxgalteriya hisobi sohasidagi 
mehyoriy 
hujjatlar 
xalqaro 
andozalarda 
ko’rsatilgan 
talablarga 
muvofiqlashtiriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to’g’risidagi” Nizom, O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining 
Milliy Andozalari, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya 
hisobotlarini tuzish chog’ida foydalaniladigan uslubiy ko’rsatmalar va 
boshqa mehyoriy hujjatlar ishlab chiqildi va bosqichma bosqich tadbiq 
etildi. Natijada buxgalteriya hisobining tashkil etishning qo’ydagi huquqiy 
mehyorlari yaratildi: 


34 
1. Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar; 
2. O’zbekiston respublikasida mulkchilik to’g’risida Qonuni; 
3. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni 
tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risida Nizom; 
4. Xo’jalik yurituvchi subhektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni; 
5. Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi 
to’g’risida Nizom; 
6. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom;
7. O’zbekiston respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida Nizom;
8. 1 yanvarg’ holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish 
tartibi to’g’risida Nizom; 
9. Inventarizatsiya jarayonida aniqlanganmol-mulk kamomadi va ortiqchasining 
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi Nizom; 
10. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom; 
11. Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi Nizom; 
12. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida O’zbekiston 
Respublikasining Qonuni; 
13. Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini 
tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 
Qarori; 
14. Тармоқ вазирликларининг бухгалтерия ҳисобини ташкил қилиш бўйича
йўриқ хатлари, тармоқ хусусиятларини инобатга олиб ишлаб чиққан Низомлари 
ва бошқа меъёрий кучга эга бўлган кўрсатмалари. 
Buxgalteriya hisobidagi huquqiy boshqarish huquq mehyorlarini, huquqiy 
munosabatlarni, huquqiy javobgarlik va boshqa tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda huquqiy subektlar (korxonalar) bu elementlarga 
o’z munosabatlarini bildiradilar. Agar ularning munosabati ijobiy bo’lsa huquqiy 
hujjatlarda belgilangan to’g’ri xatti – harakatlar, agar ularning munosabati salbiy bo’lsa 


35 
noto’g’ri xatti - harakatlari yuzaga keladi. Ya’ni buxgalteriya hisobi va hisobotida 
huquqbuzarliklarni bo’lishiga yo’l ochadi.
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonun 
buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun asosiy huquqiy baza
bo’lib xizmat qiladi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislarini, 
shuningdek, korxona rahbarlariniing buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi asosiy 
vazifalari, maqsadlari, huquqlari va burchlari ko’rsatib berilgan. 
Bu qonun, korxona rahbarlari, buxgalterlari va boshqa mansabdor 
shaxslari uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilishni va hisobotlar tuzishni 
asosiy tamoyillarini belgilab berdi. 
Buxgalteriya 
hisobini 
tashkil 
qilishning 
xalqaro 
amaliyoti, 
buxgalteriya hisobini mehyorlar yordamida boshqarishning quyidagi 
tizimlarini nazarda tutadi: 
Birinchi daraja–davlat miqyosidagi qonun hujjatlari. Bu darajaga
Respublikamizda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi 
qonunni kiritish mumkin; 
Ikkinchi daraja - uchyotni tashkil qilishning asosiy qoidalari. Mazkur 
darajada buxgalteriya hisobi tushunchalari va qoidalari shunday 
belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog’liq shaxslar tomonidan 
bir xilda talqin etilsin. Ikkinchi darajaga buxgalteriya hisobining 
tasdiqlangan va harakatdagi milliy andozalari kiradi. ; 
Uchinchi daraja turli idoralar tomonidan tarmoqlar xususiyatidan kelib 
chiqqan holda buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha ishlab chiqilgan 
mehyoriy hujjatlar kiradi. Xususan, respublika Moliya vazirligi 
tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi” Nizom hamda buxgalteriya 
hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog’i foydalaniladigan 
uslubiy ko’rsatmalar va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin. Uchinchi 
darajaga respublika Moliya vazirligi tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi 


36 
to’g’risida” gi Nizom, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi” 
Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish 
chog’i foydalaniladigan uslubiy ko’rsatmalar va boshqa hujjatlarni kiritish
mumkin. xilma - xil uslubiy ko’rsatmalar hamda tavsiyalar. 
To’rtinchi daraja korxona xususiyatidan kelib chiqib hisob siyosatini 
belgilash va hujjatlar oborotini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ish hujjatlari. 
To’rtinchi darajaga hisobot yilining boshida har bir korxona o’zi uchun tuzadigan 
va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hisob siyosati kiradi. 
Buxgalteriya hisobini boshqarish ana shu to’rt darajali tizim doirasida 
bo’lishi kerak.
SHunday qilib, respublikada faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik subektlarida 
qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi bosqichma-bosqich buxgalteriya hisobining 
halqaro tizimiga yaqinlashtirilmoqda. 
Buxgalteriya hisobi xo’jalik subektlari bilan birgalikda katta rivojlanish 
yo’lini bosib o’tdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ishlab chiqarish 
jarayonlarining murakkablashishiga va ularni boshqarish uchun kerak bo’lgan 
iqtisodiy axborotlarni tezlikda olish zaruriyatini tug’ilishiga olib keladi. Bu o’z 
navbatida, buxgalteriya hisobini, uning ilg’or usullarini va zamonaviy hisoblash 
texnikasini qo’llash yo’li bilan takomillashtirishni taqozo qiladi.
Buxgalteriya 
hisobini 
takomillashtirish 
birinchi 
navbatda 
uning 
tezkorlik(operativnost) darajasini oshirishga qaratilishi lozim.Hozirgi kunda 
buxgalteriya hisobining tezkorlik darajasi unchalik yuqori emas. Korxona moliya-
xo’jalik faoliyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobot davri tamom 
bo’lgandan keyingina olinadi. Ularni tegishli idoralarga tezlikda yetkazib bera 
olmaydi. SHuning uchun bunday ma’lumotlardan faqat keyingi hisobot davrlarida 
foydalanish mumkin. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining 
tezkorligini tahminlash hozirgi davr menejmentining asosiy vazifalaridan biri 
bo’lib hisoblanadi. 


37 
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi keyingi yillarda 
“Iqtisodiyot vazirligi”, “Davlistiqbolstat” qo’mita va boshqa tegishli idoralar 
bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobini yuritishda ilg’or usul va shakillarni 
qo’llash, xalqaro andozalar zaminida milliy andozalarni ishlab chiqish va 
joriy qilish, persanal kompyuter texnikasini qo’llash asosida buxgalteriya 
uchyotini takomillashtirish masalalarida bir qancha ishlarni amalga 
oshiriliyapti.
Hozirgi kunda халқаро бухгалтерия ҳисоби андазалари асосида 
moliyaviy buxgalteriya uchyotini tashkillash bo’yicha 24 ta milliy andoza 
ishlab chiqilgan. Ular quyidagilar: 

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə