Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BUXGALTERIYa HISOBI



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/285
tarix16.02.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#100922
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   285
2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “BUXGALTERIYa HISOBI 
TO’G’RISIDA”GI QONUNI VA UNING AHAMIYaTI
O’zbekiston respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuni 30 
avgust 1996 yilda qabo’l qilingan va 2016 yili 16 aprelda O’zbekiston Oliy 
Majlisining qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko’rib chiqib o’zgarishlar 
kiritilib yangi taxrirda qabo’l qilingan. 
Qonun 32 moddadan iborat bo’lib, uning asosiy maqsadi buxgalteriya 
hisobini tashkil etish, yuritish va buxgalteriya moliyaviy hisobotlarini tuzish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
30
deb ko’rsatilgan.Qonunda 
buxgalteriya hisobini tashkil qilishning qo’ydagi asosiy printsplpri belgilab 
berilgan: 
-uzluksizlik; 
-ishonchlilik; 
-ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. 
30
. Agar О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida О‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi 
tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bо‘lsa, xalqaro shartnoma 
qoidalari qо‘llaniladi. 


41 
Qonunda belgilanishicha buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatida 
sodir bo’ladigan barcha xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar 
asosida hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish 
va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi bo’dib hisoblanadi. 
SHuningdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida moliyaviy va boshqa 
hisobotlarni tuzishdan iboratdir deb tahrif berilgan. Qonunda xo’jalik 
operatsiyalari buxgalteriya hisobida kamida ikkita schyotida bir vaqtda va 
o’zaro bog’liq holda pulda baholab aks ettirish yo’li bilan ikki yoqlama 
yozuv usulida yuritillishi belgilab qo’yilgan. 
 
Buxgalteriya axboroti bu - boshlang’ich hisob hujjatlariga asoslanib, 
buxgalteriya hisobi registrlarida, moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlarda 
hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog’liq boshqa 
hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obektlari haqidagi qayta 
ishlangan ma’lumotlardir. 
Qonunda buxgalteriya hisobining subhektlari va obhektlari aniq 
belgilab berilgan. Unga ko’ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, 
O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning 
O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan 
sho’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari 
buxgalteriya hisobi subektlari bo’lib hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunda yuridik shaxs tashkil 
etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organlari, hamda chet el yuridik shaxslarining 
O’zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa 
tarkibiy bo’linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob 
yuritishlari hamda hisobot taqdim etishlari ko’rsatib o’tilgan. SHuningdek, 
aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar
foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari 
buxgalteriya hisobining obektlari eknligi va ularni hisobga olish tartibi, 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya 


42 
hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartiblari ham belgilab berilgan. 
 
Ushbu qonunda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya 
hisobi subektining rahbari amalga oshirilishi, uning, bu boradagi huquq va 
burchlari, bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish 
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi 
xizmatining rahbari ekanligi, ularning bevosita buxgalteriya hisobi subektining 
rahbariga bo’ysunishi, dastlabki imzo huquqi kimga berilishi, boshlang’ich hisob 
hujjatlari, ularni tuzish, saqlash tartiblari, shuningdek, buxgalteriya hisobi 
axborotlarini hisob registrlarida aks ettirish va bu axborotlarni saqlash tartibi 
belgilab berilgan. Korxona aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish

aktivlar va majburiyatlarni baholash,daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, 
korxona xususiy kapitalni hisobga olish, ichki nazoratuni tashkil etish,moliyaviy 
hisobotlarni tuzish taqdim etish tartiblari aniq qilib ko’rsatilgan. 
 
Ushbu qonunning 32 moddasida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi deb 
ko’rsatib o’tilgan. 

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə