Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə5/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Ilmiy tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatish
Tadqiqotchi qo'llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o'zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o'laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o'rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo'llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bog’liq bo'lmasligi lozim, chunki o'rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko'pchilikda turlicha fikr xosil bo'lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o'zida bir necha kuzatuvchi bir oboektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar o'sha harakatning bajarilishini qayta takrorlashi yoki tadqiqot o'lchoviga qarab uni foto, kinosyomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar) orqali kuzatish lozim bo'lgan xulosalarni qiladi. Bunday xulosalar oboektiv bo'ladi. Uni ijrosidagi kamchiliklar yoki yangiliklarni takroriy ko'rish imkoni bor. Lekin qator sport turlari, harakat faoliyati va harakat aktini baholashda bahslar, munozaralar qilishga to'g’ri keladi. Xulosalar suboektiv bo'lib yakuniy xulosa natijasiga salbiy taosir qilish xollari xam uchraydi. Hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasida harakatlarni ijrosi bajarilishidagi ayrim dalillar va ular haqidagi xulosalarda noaniqlikga yo'l qo'yilishi kuzatiladi. Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalarda harakatni ifodalanishining bayoni faqat ko'z bilan baxolanadi. Qator hakamlarning xar biri o'z fikrini subyektiv xolatda o'zicha bayon qiladi, umumiy xulosa umumlashtirilib so'ng baholanadi. Bunday kuzatish usuliyati tadqiqotchi yoki kuzatuvchidan o'ta kuchli salohiyatni talab qiladi.Keng tarqalgan, aniq xisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. "Xrono"-vaqt, "metr"-o'lchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda xar bir 100 metr uchun sarf bo'lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashg’ulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlashdan mashg’ulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə