Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi


- Mavzu: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə18/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

5- Mavzu: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari.


Mavzu rejasi:
1.Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari
2.Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi haqida bilim berish.

Maktab yoshigacha bolalar jismoniy tarbiyasida tabiatning sog'lomlashtirish kuchlari, gigienik omillar va jismoniy mashqlar katta axamiyatga ega. Yuqoridagilarni taosiridan tashqari bolaning kunlik harakat faoliyati (xar kunlik harakati, rasm olish, har xil o'yinlar, musiqa, jismoniy mexnat) shunday rejalashtirilsinki, bularning xammasi uning rivojlanishiga imkoniyat yaratsin.Maktabgacha yoshdagi bolalarda xamma organ va sistema-larni va jarayonlarni ishga solib, chidamlilik sifatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Yurush, yugurish, suzish va velosipedda yurishdek mashqlarni me’yorini barobarga ortirilsa bu sifat rivojlanadi. Bu o'z navbatida shug'ullanuvchi yoshini hisobga olishni unutmaslik lozimligini taqazo etadi.


Bu yoshda tayanch harakat apparati egiluvchan bo'ladi. uni qobiliyatini susaytirmaslik uchun jismoniy mashqlarni yoshiga to'g'ri keladiganlarini barchasidan yaxshi foydalanish darkor.
Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalarida - yaslilar, bolalar bog'chalari; jamoat muassasalarida - mahkamalar, korxonalar, shaxsiy pulli yasli va bog'chalar tarzida maktabgach yoshdagi bolalar muassasalari sifatida uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat mu -assasalarida amalga oshiriladi.Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya. Bolalar bog'chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir raxbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi. Tarbiyachi mashg'ulotlarni musiqachi, shifokor bilan rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, uni me’yorini aniqlashga yordam beradi.Yasli va bog'chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o'quv tipidagi mashg'ulotlar ertalabki gimnastika, fizkultura daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o'yinlar ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashg'ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyani vazifalarini xal qiladigan jismoniy mashqlar, o'ynlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.
O'quv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlari bolalarni harakatga o'rgatishda asosiy rol o'ynaydi. Bu mashg'ulotlar yasli va bog'chalarining hamma guruxlarida o'tkaziladi. 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda har bir bola bilan alohida, ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qo'shib olib boriladi. 1-3 yoshgacha bo'lgan bolalardan, yoshi katta guruhlarda haftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha bo'lganlarda haftada 1 marta o'tkaziladi. Yoshi katta bo'lgan sari mashg'ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg'ulotlar 4 qismdan - tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunlov, qismlariga bo'lib olib boriladi va ularning har birida o'zlarining aniq vazifalari xal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, harakatli va syujetli o'yinlar ("O'rmonga sayohat" va boshqa) shakllarida olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, so'ngra unga syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to'siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo'lishi kerak bo'lgan vaqt hisobiga o'tkaziladi.
Ertalabki gimnastika yasli va bog'chalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turibla o'tkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha bo'lganlarda ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga bo'lingan guruhlarda, yoshi kattalarda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy o'tkaziladi. Ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli xil mashqlar bajarish hamda sakrash bilan tugallanadi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qo'shiqlar bilan o'tkaziladi.
Tizimli o'tkazilgan jismoniy mashqlar asosan bolalarni kuchini, egiluvchanligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, har kungi bajarilgan jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning sog'liqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarni shakllanishiga olib keladi.Kichik yoshdagilarda jismoniy mashqlar kimlarga yoki nimalargadir taqlid qilish va hayotda uchraydigan syujetlarni o'z ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 gacha, yoshi ulg'aygan sari 8 tagacha bir kompleks, bir xaftaga mo'ljallab tuziladi va 3-4 kundan so'ng qiyinlashtiriladi, 7-12 daqiqa davomida o'tkaziladi. 6-7 yoshdagilarga esa maktab dasturi materialiga yaqin bo'lgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. Jismoniy mashq-lar dozasini uni bajarilish og'irligiga qarab belgilanadi. Yelka va bo'yin muskullari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel muskullari uchun mashqlari 4-8 marta takrorlanadi.
Chiniqtiruvchi muolajalar yasli va bog'chalardagi kundalik va xayotiy sharitdagi chiniqtirishlardan tashqari bolalar bilan maxsus xavo quyosh vannalari, suvda cho'miltirish orqali chiniqtirishlar kiritiladi. Bulardan tashqari ayrim proseduralar borki ular jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borilgandagina effekt beradi.Jismoniy tarbiya daqiqalari rasm mashg'ulotlarida, plastilin bilan ishlash paytida hisob, nutqni rivojlantirish mashg'ulotlari davomida o'tkaziladi. Bu mashg'ulot uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular o'rnidan turgan, o'tirgan holda bajariladi.
O'yinlar ertalab soat 1000-1200 larda va tushlikdan so'ng o'tkaziladi. Uni maqsadi bolalarda bizga ma’lum bo'lgan jismoniy sifatlarini rivojlantirishdir. Harakatli o'yin-larni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, maydon va undagi sharoitga eotibor beriladi. Tarbiyachi o'yinni tanlab olgandan so'ng uni qo'llash usuliyatini puxta o'ylab, so'ngra o'tkazadi. Bola uchun notanish o'yinlarni o'ynatish ancha qiyin-chiliklarga sabab bo'ladi. katta yoshdagilarga esa mustaqil vazifalar beriladi. O'yinlar 7-15 daqiqagacha davom etadi va 5-7 marotaba qaytariladi. Sayohat haftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha bo'lganlarda esa, 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan joy, mashg'ulot ssenariysi tuzilib sharoiti hisobga olinishi va lozim bo'lgan jihozlar tayyorlanadi. Yoshiga qarab sayohat muddati 20 minutda 1,5 soatgacha davom etkazish mumkin. Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (yangi yil, Navro'z, Mustaqillik, Konstitutsiya va boshqa kunlar)ga bag'ishlab yoki bog'chadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o'tkaziladi. Har xil o'yinlar, raqslar, musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi ssenariy-siga kiritilishi mumkin.Jismoniy mashqlar bilan individual shug'ullanish mashg'ulotlari tibbiy xodim yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan xolda o'tkaziladi. Bu mashg'ulotlarda tana tuzi-lishida nuqsoni borlar yoki surunkali xamda, yurak tomir tizimida kasali borlarni shug'ullanishi uchun qulay imkoniyatlar bor. Uni davom etish muddati kasallarni jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog'liq. Mashg'ulotlar davomida shifokor maslahati asosiy rolni o'ynaydi.
Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug'ullanish mashg'ulotlari bolalarga o'zlari yaxshi ko'rgan jismoniy mashqlar bilan mashg'ul bo'lish imkoniyatini beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaxarchasi yoki maxsus bolalar maydonchasidek, suzish xavzasi, sport jihozlari va anjomlarini tayyorlab qo'ygan.Mashg'ulot paytida tarbiyachi bolalarga rollarni ajratib qo'yishi lozim bo'lgan samarani beradi.Yasli va bolalar bog'chasida umumiy ish rejasi tuzilib unda jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu bo'limda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi yoritiladi va uni bajarilishi uchun aniq vazifalar belgilanadi. Vazifalar har xil bo'lishi mumkin: suzishni o'rgatish, velosiped, samokat, roliklik konkida yurishni o'rgatish va boshqalar. Buning uchun tarbiyachilar oldindan maslahatlashib, basseyn to'ldiriladi yoki sayohat manzili tanlanadi. Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va haftalarga bo'lib reja tuzadi va o'sha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonini borishini boshqaradi. Rejelashtirishda bolalarning jismoniy tayyorgarligi e’tiborga olinishi shart. Yasli va bog'chada yiliga 3-4 marta jismoniy tayyorgarligini o'sishini tizimli hisob-kitob ishlari olib boriladi va jismoniy sifatlarini rivojlanishini nazorati yo'lga qo'yiladi. Ana shunga asoslanib tarbiyachi maktabga yo'llanma olgan bola haqida hisobot yozadi.
ADABIYoTLAR:
1. Darslik, B.A. Ashmarin, «Jismoniy tarbiya nazariyasi «M, 1979y. 139-155 b.
2. Darslik, B.M. Shiyan, «Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya»,M, 1988y, 128-163 b.
3. A. N Livisskiy, M. Yo. B. JTN va M. 1995y, Toshkent, 331-381b.
4. K.M. Maxkamdjonov, X. Tulenova. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Ma’ruzalar matni TDPU, 2001-2002 yy.
5. R. Salomov Sport mashg’ulotning nazariy asoslari. 2005 y.
6. A. Adbullayev, Sh. Xonkeldiyev Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 2005 y.
7. O.V. Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. 2005 y



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə