Buxoro davlat universiteti buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi buxgalteriya hisobi asoslari



Yüklə 225,34 Kb.
səhifə1/12
tarix25.12.2023
ölçüsü225,34 Kb.
#161571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Buxgalteriya Hisobi KURS ISHI (2)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA STATISTIKA KAFEDRASI



BUXGALTERIYA HISOBI ASOSLARI
fanidan

K U R S I S H I


Mavzu: _______________________________________________
_______________________________________________________
Bajardi: _______ __________ guruhi talabasi_______________
(imzo) (ismi sharifi)
Ilmiy rahbar: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)

Buxoro - 2023


Mavzu: Hujjatlashtirish va inventarizatsiya.
M U N D A R I J A :
Kirish ……………………………………………….……………..….………..……... 4

1.1. Hujjatlar: rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish ……………………......…......…..6


1.2. Hujjatlarning aylanishi va saqlanish tartibi.……………………………….……...13
1.3. Inventarizatsiya: uning ahamiyati va turlari ….……………………………..…....18
1.4. Inventarizatsiya o’tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi ………….………22


Xulosa………..…...……………………………………………………………........… 33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……….………………………..………………...35
Ilovalar……………...………..….…………..……………...………….………………36

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
“Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish hisobidan yuqori iqtisodiy sur’atlarni ta’minlash vazifasini nazarda tutadi” .1- ta’kidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy holati to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishning asosiy quroli bu
inventarizatsiya o’tkazishdir.
Inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish) moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni natura jihatdan tekshirish orqali ularning korxonadagi haqiqiy holatini aniqlash imkonini beradi. Inventarizatsiya yordamida moddiy boyliklar va pul mablag‘larining butligi hamda moliyaviy majburiyatlarning haqiqiyligi nazorat qilinib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniq va ishonchli bо‘lishi ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda ishonchliligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy tarzda inventarizatsiyadan o‘tkazish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya obyektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartida belgilanadi.2
Har bir tashkilot ochilganidan so’ng barcha operatsiyalarni amalga oshirish uchun hujjatlar bilan ishlaydi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish va boshqarish, moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkonini beradi. Shu o’rinda hujjatlashtirishga ham nazar soladigan bo’lsak, hujjatlashtirish –xo’jalik operatsiyalarini hujjat yordamida rasmiylashtirishdir. Rasmiylashtirilgan hujjatlar korxonaning moliya-xо‘jalik faoliyatlari ustidan dastlabki va joriy nazorat о‘rnatish hamda ularning ish natijalariga ta’sir kо‘rsatish imkoniyatini ta’minlaydi.

Yüklə 225,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə