Buxoro davlat universiteti fakulteti guruh talabasining



Yüklə 183,74 Kb.
səhifə1/13
tarix23.12.2023
ölçüsü183,74 Kb.
#155840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha ta’lim muassasasalarida ta’limni tashkil etishda tarbiyachining o’rni


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
_____________________ FAKULTETI
__________ GURUH TALABASINING
_____________________________” fanidan
KURS ISHI


Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasalarida ta’limni tashkil etishda tarbiyachining o’rni
Bajardi: ______________________
Tekshirdi: _____________________


Buxoro 2023

Mundarija:


KIRISH 3
I-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI 6
1.1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni 6
1.2. Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to‘g‘risidagi fikrlari va tarbiyachi kompetensiyasi 14
II-BOB. PEDAGOG-TARBIYACHI SHAXSIGA QO‘YILGAN TALABLAR VA UNING SHAXSINI SHAKLLANTIRISH 24
2.1. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar 24
Xulosa 39
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 39

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo'lishi kerak.
Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog’lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo’lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartlari” hamda “Ilk qadam” o’quv dasturiga mos bo’lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo’ladi.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini
sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hay vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kurs ishining dolzarbligi asoslandi.

Yüklə 183,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə