Ta`lim natijalari. Kasbiy konpetensiyalari
Talaba bilishi kerak:
Bakalavr talaba jahon adabiyotidagi asosiy tamoyillar, jahon adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari, jahon xalqlari folklori, qadimgi afsona va rivoyatlar, jahon xalqlari folklorining mushtarak jihatlari, mavzulari, qahramonlari, folklor syujetlarining yozma adabiyotga o‘tishi, folklor dostonlari va yozma dostonlar, jahon xalqlari adabiyotidagi sayyor syujetlar, dostonlardagi variantlilik, yozma adabiyotning shakllanishi, diniy va dunyoviy adabiyot, tarjima adabiyoti, jahon adabiyotidagi janrlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
Bakalavr talaba jahon adabiyoti tarixining nazariy muammolari, mumtoz va zamonaviy adabiyotdagi adabiy tur va janrlar tasnifi, mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarini tahlil qilish, jahon adabiyoti namoyandalari, jahon adabiyoti taraqqiyoti tamoyillari, adabiyot namunalarida tarixiy davr aks etganligi, asarlar syujeti, asarlar qaysi ijodiy metodga mansubligi, asarlar g‘oyaviy mazmuni, asarlarning asosiy qahramonlari, badiiy xususiyatlari, ijodkorlarning tarjimai holi, asarlar qanday qabul qilingani, baholangani, jahon adabiyoti tarixi tamoyillari to‘g‘risida xulosalar chiqarishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Bakalavr talaba jahon adabiyotidagi adabiy tur va janrlarni farqlash va ularning spetsifik xususiyatlarini belgilay olish, jahon adabiyotidagi asarlarning poetik xususiyatlarini aniqlay olish, asarlarning xususiyatlarini aniqlashda tarixiylik tamoyilidan kelib chiqish, jahon adabiyoti bo‘yicha tanlangan mavzu yuzasidan ilmiy umumlashmalar chiqara bilish, jahon adabiyotidagi tarixiy, ijtimoiy muhit, ijodiy maktab va an’analarning o‘rnini aniqlash, badiiy asarlarni uslubiy tahlil etish, badiiy asarlar syujeti, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarni muayyan tizim asosida ifodalash, asarlarni tahlil qilishi jarayonida badiiy matn va ijodkor uslubini aniqlash, folklor va yozma adabiyot namunalariga tarixiy davr asosida yondashish, she’riy asarlarni tahlil qilishda vazn o‘lchovlarini qo‘llay bilish, asar mazmuniga, unda ifodalangan g‘oyaga hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda baho berish, jahon adabiyoti namunalarining estetik mohiyatiga kirib borish, jahon adabiyotidagi tur va janrlarni farqlash, jahon adabiyotida qo‘llangan badiiy tasvir vositalarini farqlay bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
Dostları ilə paylaş: |