Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq talimi" yoʻnalishi bitiruvchisi Muhammadov Shamshodning ""Alisher Navoiy ma’naviy merosida milliy qadriyatlar” mavzusidagi bitiruv malakaviy



Yüklə 15,08 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü15,08 Kb.
#117357
beki


Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq talimi" yoʻnalishi bitiruvchisi Muhammadov Shamshodning ""Alisher Navoiy ma’naviy merosida milliy qadriyatlar” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


TAQRIZ


Bitiruvchi Muhammadov Shamshodning Alisher Navoiy ma’naviy merosida milliy qadriyatlar" mavzusida bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, 2 bob, 4 qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


Talaba bitiruv ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o'rganilish darajasi, tadqiqotdan ko'zlangan maqsad va vazifalarini batafsil manbalar asosida yoritgan.


Birinchi bob "Alisher Navoiy ijodiy merosining nazariy asoslari" - deb nomlangan bo'lib, bunda Alisher Navoiy asarlaridagi bugungi kunda jamiyatdagi ma’naviy va tarbiyaviy jihatlari, ta'lim tarbiya jarayonida dolzarbligi sanalayotgan mavzular haqida yetarlicha yoritib berilgan.


Ikkinchi bob "Alisher Navoiy asarlarida milliy qadriyatlarning o’ziga xos jihatlari ", deb nomlanib, bunda Navoiy asarlaridagi milliy qadriyatlarning xalq ma’naviyatiga va hayot tarzidagi o’rni haqida o’zining nasriy bayonlari keltirilgan, Navoiyning “ Xamsa” sida milliy qadriyatlar haqida bayon etilgan, ushbu kitobda yoritilgan boy ma'naviy me'ros, bugungi kunda ham Navoiy asarlarining ta'lim-tarbiya jarayonidagi dolzarbligi, komil inson tarbiyalash va farzand ta'lim-tarbiyasidagi o'mi yoritib berilgan.


Talaba bitiruv malakaviy ishini yozib tugatish jarayonida ham fikrlarini xulosalashga ijodiy yondashgan hamda qisqa va lo’nda tarzda xulosalagan .


Umuman olganda talaba bitiruv malakaviy ishini yozishda o'zining iqtidorini namoyon qila olgan. Qo'yilgan masalalar talab darajasida yoritib berilgan. Boblardagi masalalar tizimli, ilmiy nuqtai nazardan to'g'ri tahlil etilgan. Ishning hajmi manbalarda foydalanishi ijobiy darajada.


Shuningdek, bitiruv malakaviy ishda ayrim kamchiliklar ham uchraydi: Adabiyotlar royxatida internet ma'lmotlari kiritilgan, ammo iqtiboslarda keltirilmagan. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishida ayrim imloviy xatolar uchraydi.
Ammo bu kamchiliklar ishning saviyasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Bitiruv malakviy ishi tugallangan deb hisoblab uni ijobiy baholash mumkin.
Ichki taqrizchi: Turdiyev.B
Yüklə 15,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə