56
kooperativlarni (uy-joy qurish,
uy-joy kooperativlarini, garaj qurish,
chorbog‘ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish kooperativida a'zolarning shaxsiy mehnati bilan
ishtirok etishi kooperativning asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. Agarda
kooperativning ustavida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa,
daromad ham aynan a'zolarning qilgan mehnatiga muvofiq taqsimlanadi.
Chunki, xo‘jalik jamiyatidan farqli ravishda ishlab chiqarish
kooperativida birinchi o‘rinda kapital emas, balki mehnat turadi.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish - matlubot kooperativlarining
faoliyati o‘z a'zolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar,
bitimlar) bo‘yicha ishlayotgan kishilarning o‘z mehnatlari bilan shaxsan
ishtirok etishiga asoslanadi. Matlubot kooperativlari hamda o‘z
a'zolarining uy-joy maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga
xizmat qiladigan kooperativlar faoliyati o‘z
mehnati bilan shaxsan
ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin.
Kooperativlar tarmoq, hududiy va boshqa belgilar bo‘yicha xo‘jalik
uyushmalariga ixtiyoriylik asosida birlashishlari va yakkahokimlikka
qarshi qonunlarning talablarini hisobga olgan holda ish olib borishlari
mumkin. Ishlab chiqarish kooperativida a'zo sifatida asosan jismoniy
shaxslar ishtirok etishadi. Biroq qonunda va ishlab chiqarish
kooperativining ta'sis hujjatlarida uning faoliyatida a'zolik asosida
yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativida ham xo‘jalik shirkatidagidek
a'zolarning o‘zgarishi
qattiq nazorat qilinadi, ammo ishtirokchilar
tarkibini o‘zgarishi uni tugatish uchun asos bo‘lmaydi. O‘z
majburiyatlarini bajarmagan yoki to‘liq bajarmagan kooperativ a'zosi
umumiy majlis qarori bilan a'zolikdan chiqarib yuborilishi mumkin.
A'zolikdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ishtirokchilarning oddiy
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) ishlab chiqarish vositalari va
xalq iste'moli mollari xarid qilishni va sotishni tashkil etish orqali
fuqarolarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari xom ashyosini yetishtiruvchi
va
qayta
ishlovchi
yordamchi
xo‘jaliklarini,
shuningdek
hunarmandchilikni rivojlantirishni rag‘batlantiradilar. Bundan tashqari,
57
qonunga muvofiq, fuqarolar o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish uchun
ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari, garaj qurish
kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin. Bunday
kooperativlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi kooperativ mulki
obyektlarini (uy-joylar, garajlar va shu kabilar), ustavda nazarda tutilgan
hollarda esa - kooperativ a'zolarining mulki bo‘lgan
obyektlarni ham
qurish va keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablag‘lari yoki
shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishdan, shuningdek kooperativ a'zolariga
kooperativni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlarga mos xizmatlarni
ko‘rsatishdan iboratdir.
Shu bilan birga, bog‘dorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish
bilan shug‘ullanuvchilar shirkatlari va o‘zga matlubot shirkatlari ham
mavjud bo‘lib, 1991 yil 14 iyundagi “Kooperatsiya to‘g‘risida” 295-XII-
son Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi. O‘zining huquqiy mavqeiga
ko‘ra ishlab chiqarish kooperativi xo‘jalik shirkatiga o‘xshab ketadi,
biroq ichki munosabatlarni tartibga solishda
muayyan darajada farqlar
mavjud. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik faoliyatini yuritishning
tashkiliy – huquqiy shaklini ko‘payishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: