Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
agrobiznes

ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi
- qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyati bilan birgalikda qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab 
chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish va qonun hujjatlarida 
ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanuvchi fermer 
xo’jaligidir.
Bu sohada islohotlarning yangi bosqichi sifatida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon 
xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan 
samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PF-5199-son farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan
endilikda fermer xo’jaliklari faoliyatida tubdan o’zgartirish, ya’ni fermer 
xo’jaliklarida bosqichma-bosqich ko’p tarmoqli faoliyat yo’lga qo’yish 
ishlari amalga oshiriladi. Unga ko’ra, faqatgina qishloq xo’jaligi 
mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug’ullangan fermer tadbirkorlarimiz 
bozor talablaridan kelib chiqib o’zlarida qo’shimcha yo’nalishlarni joriy 
qiladi. Ushbu talabga javob bermaydigan, ko’p tarmoqli faoliyatni 
yo’lga qo’ymagan sub’ektlar 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab yangilik 
va yangilanishga intiluvchan, yangi g’oyalar asosida ish yuritishga 
qobiliyatli, tadbrkorlik qilish, nafaqat o’zining, balki butun xalqimiz 
dasturxonini to’kin bo’lishiga hissa qo’shishga tayyor bo’lgan shaxslar, 
ayniqsa yoshlarga joylarini bo’shatib beradilar. Shuningdek, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi 
“Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada 
rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3318-
son qarori bilan O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer 
egalari kengashi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat 
yo’nalishlaridan biri etib ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini 
rivojlantirishga va har tomonlama qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish, 
ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda bevosita ishtirok 
etishi belgilab qo’yildi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer 
xo’jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami 


70 
paxtachilik va g’allachilik uchun 10 gektar, bog’dorchilik, uzumchilik, 
sabzavotchilik va boshqa mahsulotlarni etishtirish uchun esa 1 gektarni 
tashkil etadi. Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan 
fermer xo’jaligi kamida 30 ta shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda 
tashkil etiladi.
Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam 
miqdori bir shartli bosh chorva molga hisoblanganda Farg’ona vodiysi 
viloyatlariga, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 
sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, qolgan viloyatlarda 
Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan 
yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etishi, Nizomda esa aniq yer 
uchastkalari (konturlar) berilishi ko’rsatilgan. Bular mamlakatda 
fermerlikni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
Fermer xo’jaligining iqtisodiy negizini uning mol-mulki tashkil 
etadi, unga quyidagilar kiritilishi mumkin: Binolar inshootlar, qishloq 
xo’jalik ekinzorlari va ko’chatzorlarni, dov-daraxtlar, chorva mollari, 
parrandalari, mavjud bo’lgan barcha qishloq xo’jalik texnikalari, 
inventarlari, asbob va uskunalari, transport vositalari, etishtirayotgan 
barcha mahsulotlari, ularni sotish va xizmat ko’rsatishdan olinayotgan 
barcha mablag’lari, foydasi, intellektual mulki va boshqalar. So’ng 
bo’lajak a’zolar bilan kelishgan holda tasdiqlab oladi.
Fermer xo’jaligining ustavi Respublika Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlangan, “Namunaviy Ustav” asosida tuzilib, 
quyidagilarni qamrab olgan bo’lishi kerak: 
- fermer xo’jaligining nomi;
- fermer xo’jaligi boshlig’ining familiyasi, o’zining va otasining 
ismi va yashash joyi;
- fermer xo’jaligining joylashgan joyi to’g’risidagi ma’lumotlar va 
pochta manzili;
- fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari, 
yo’nalishlari;
- uning ustav fondining miqdori va boshqalar.
Fermer xo’jaligini ro’yxatdan o’tkazish belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Fermer xo’jaligi davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tashkil 


71 
etilgan deb hisoblanadi. U to’liq yuridik shaxs maqomini olish uchun 
o’zi aloqa qiladigan banklarda turli xildagi xisob va raqamlarini ochishi, 
tumanning soliq, statistika tashkilotlarida ro’yxatdan o’tib, o’z muhriga, 
blankalariga ega bo’lishi kerak. Shundan so’ng fermer xo’jaligi to’liq 
faoliyat yuritadigan yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. 

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə