120
Davlatning tadbikor faoliyatiga qay darajada ta’sir qoʼrsatishi yoki
aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi.
Bunday
aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan boʼlishi mumkin.
Umuman olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati
ragʼbatlantirish yoki qoʼshilishmaslik koʼrinishida namoyon boʼladi.
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan oʼzining tarkibi jihatidan
anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi
koʼpgina elementlardan tashkil topadi.
Аgar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga
olib kelishi mumkin. Quydagilar bu omilning asosiy elementlari
hisoblanadi; -jamiyatda mafkuraning holati;
-milliy urf-odatlar;
-millatning madaniy va maishiy odatlari;
-atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga boʼlgan
munosabati;
-davlatning
tadbirkor
va
tadbirkorlik
faoliyatiga
boʼlgan
munosabati.
Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini oʼzida aks
ettiradi.
Narx-navo tizimi, oʼz navbatida, narxlarning darajasi, ishlab
chiqarish jarayoniga tadbirkor tomonidan
jalb qilinayotgan ishlab
chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdolari hamda soliq va
majburiy toʼlovlarni oʼz ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-
sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan
belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi,
iqtisodiy aloqalarda bozorning ustivorligi,
tadbirkorlik kapitalini
mujassamlashtirish sharoitining mavjudligi va kerak boʼlgan resurslarni
ishlatish kiradi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy
oʼsishning qoʼshimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf
etishda katta rol oʼynaydi, bandlik mummolarini hal etish, milliy
boylikni oʼstirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi.
Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli boʼlmish tadbirkorlik
121
respublikamizda bandlikning aniq shaklini va
yangi ish joylarini barpo
etish yoʼlida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qoʼllab- quvvatlanishi
bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam
koʼrsatish yoki soliqlar toʼlashda tadbirkorlar uchun maʼlum bir
imtiyozlar berilishida aks etmoqda. Tadbirkorlik muhiti mamlakatning
rivojlanishi asosini tashkil qiladi va ishbilarmon
kishilarning faoliyat
mazmunini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: