117
va D. Fogel tadbirkorlik muhitini yetarli malaka va koʼnikmalarga ega
tadbirkorlar, malakali ishchi kuchi, taʼminotchilar, xaridorlarning
mavjudligi, yangi bozorlar, yuqori darajadagi raqobat mavjudligi,
hukumatning
tadbirkorlar
faoliyatini
ragʼbatlantiruvchi
siyosati,
maslahat xizmatlari taʼminoti, infratuzilma tizimi,
kishilarning
tadbirkorlik faoliyatiga boʼlgan munosabati, koʼnikmasi, tajribasi va
motivatsiyalari orqali oʼrganganlar. Bruno, Tyebjee (1982), Gartner
(1985), Manning, Birley, Norburn (1989), Staley, Morse (1971) mavjud
tadbirkorlik muhitini tadbirkorlikni mamlakat yoki mintaqa miqyosida
rivojlanishiga olib keluvchi shart-sharoitlar sifatida tadqiq qilganlar.
Dana (1987), Davidsson (1991), Doutriaux (1988), Hawkins (1993),
Pennings (1982), Swanson, Webster (1992), Takyi-Asiedu (1993) oʼz
eʼtiborlarini tadbirkorlik muhitiga taʼsir etuvchi tashqi omillarni
oʼrganishga qaratganlar. Goodman, Meany, Pate (1992), Mokry (1988),
Segura (1988), Westhead (1990) esa davlatning
tadbirkorlik muhitini
shakllantirish va rivojlantirish uchun yaratgan shart-sharoitlari hamda
imkoniyatlarini oʼrganganlar.
Tadbirkorlik muhitini shakllantirishda davlatning rolini tadqiq etish
orqali siyosiy omillarni tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy taʼsirining qator
jihatlarini ochib berganlar. Bu jihatlar venchur kapitali fondlari, soliq
imtiyozlari, davlatning xarid qilish yoki taʼminot dasturlarining
mavjudligi, shaxsiy gʼoya va innovatsiyalar
mualliflarini huquqiy
himoya qilish, hukumat idoralarining tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-
quvvatlashi,
taʼlim
muassasalari
tomonidan
tadbirkorlik
bilan
shugʼullanuvchi
kadrlarni
tayyorlash,
tadbirkorlikni
roʼyxatdan
oʼtkazishdagi toʼsqinlik holatlarini qisqartirish kabilarni oʼz ichiga oladi.
Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik muhiti,
ishchan muhit va ishbilarmonlik muhiti bir xil mazmunda
qoʼllanilmoqda. Аyniqsa, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi
koʼplab
huquqiy-qonunchilik
hujjatlarida
ishchan
muhit
va
ishbilarmonlik muhiti shaklida qoʼllanib kelinmoqda.
Tadbirkorlik muhitining iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning
predmeti, obʼekti va subʼektlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi.
Fikrimizcha, tadbirkorlik muhitining predmeti boʼlib tadbirkorlarning
118
samarali va toʼlaqonli faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish
bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar, aloqa va
mexanizmlar hisoblanib, u quyidagi asosiy yoʼnalishlarni qamrab oladi:
- tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish;
- tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanish uchun iqtisodiy erkinlikni
taʼminlash;
- tadbirkorlarning mustaqil faoliyatidagi tavakkalchilik darajasini
minimallashtirish va faoliyatining barqarorligini oshirish;
-tadbirkorlik faoliyati tijorat muvaffaqiyati,
uning javobgarligining
qonuniy kafolatlari va ijtimoiy javobgarlik motivatsiyasini taʼminlash;
- bozor tizimiga asoslangan samarali iqtisodiy aloqalarni, iqisodiy
resurslardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash va h.k.
Tadbirkorlik muhiti subʼekti mazkur muhit shart-sharoitlari va
imkoniyatlaridan foydalanuvchilar (yaʼni tadbirkorlar, sotuvchi va
xaridorlar, isteʼmolchilar va boshqalar), ularning turli guruhlari; mazkur
muhitni shakllantirishda
ishtirok etuvchi davlat, nodavlat idoralari,
xususiy sektor vakillari va boshqalardan iborat boʼlsa, tadbirkorlik
muhiti obʼekti turli koʼrinishdagi tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi.
Tadbirkorlik muhiti oʼz ichiga koʼplab tarkibiy qismlarni oladi. Bu
tarkibiy qismlarni tadbirkorlik muhiti omillari yoki jihatlari deb ham
yuritish mumkin. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib
koʼrsatish maqsadga muvofiq: huquqiy; siyosiy; iqtisodiy;
ijtimoiy-
ruhiy; maʼnaviy-maʼrifiy; tashkiliy; texnologik va boshqalar. Ushbu
tarkibiy qism (omil)lar birgalikda yaxlit tadbirkorlik muhitini
shakllantiradi. Bugungi kunda tadbirkorlik muhitining iqtisodiy
mazmuniga oid ilmiy manbalar tahlili shuni koʼrsatadiki, mazkur
tushuncha aksariyat hollarda tadbirkorlik
faoliyati uchun zarur
shart¬sharoitlarni yaratishga qaratilgan turli yoʼnalish va tavsifdagi
omillar (tarkibiy qismlar)ning shunchaki yigʼindisi sifatida ifodalangan.
Biroq, fikrimizcha, tadbirkorlik muhiti tarkibiy qismlarning shunchaki,
mexanik tarzdagi yigʼindisidan iborat emas. Balki muhit samarali amal
qilishi, oʼzining funktsiyalarini toʼlaqonli amalga oshirishi uchun
mazkur tarkibiy qismlar oʼrtasida oʼzaro
muvofiqlik va mutanosiblik
taʼminlangan boʼlishi lozim.