109
5.1. Agrobiznes faoliyatining huquqiy asoslari.
5.2.
O’zbekiston
Respublikasi
qishloq
xo’jaligini
rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi.
5.1. Agrobiznes faoliyatining huquqiy asoslari.
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tarmoq
ishlab chiqarishning o‘ziga
xos xususiyati sifatida, ishlab chiqarishning
muhim vositasi sifatida yerdan foydalanishga asoslanadi. Bundan tash-
qari, keng hududda turli xil agrotexnik
sharoitda amalga oshirilishi,
ishdavri bilan ishlab chiqarish vaqtining nomo‘tanosibligi, tabiiy ob-
havo sharoitiga bog‘liqligi, tuproqning holati,
yerning irrigatsiya va
meliorativ holatini inobatga olishning zarurligi shular jumlasidadir.
Xullas, butun dunyoda insoniyat yashashi va ehtiyoji uchun faqat qish-
loq xo‘jaligi sohasida dehqon va fermer va boshqa xo‘jaliklarni tashkil
Qilib oziq–ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari,yana
bir qator sub’ektiv
va obyektiv omillar mavjudki, ular bevosita qishloq
xo‘jalik tijorat korxonalari va tadbirkorlar ishlab chiqarish-xo‘jalik
faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu sababli, qishloq xo‘jaligida
tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishda qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishning biologic jarayoni, yer va boshqa tabiiy resurslardan foyda-
lanishning o‘ziga xos xususiyatlari,qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan
tartibga
solishning
ustivorligi,
qishloq
xo‘jaligining
iqtisodiy
xususiyatlari, qishloq xo‘jaligi ishlabchiqarishni sohalashtirish va
ixtisoslashtirishning tuzilmaviy o‘zgarishlarning alohida muhim o‘rin
tutishi, dehqonchilikni rivojlantirishning o‘ta ijtimiy, siyosiy va iqtisodiy
axamiyatga molikligi inobatga olinishi lozim.
Qayd etilgan har bir omillarning ta’siri bilan bog‘liq huquqiy
muammolar qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga
solishing xususiyatlarini yoritishda o‘z yechimini topishi lozim.
Bu esa
o‘z navbatida, birinchidan yagona, qulay, samarali bozor xo‘jaligini
vujudga
keltirib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tadbirkorlik
Dostları ilə paylaş: